Foto: Charlotte Magazine

AQŞning Şimoliy Karolina ştati Şarlotta şahrida ilk marta özbek palovi sotila boşlandi.

Charlotte Magazine jurnalining yozişiça, buni 27 yoşli Sarvar Nazir yölga qöygan. Sobiq kimyo muhandisi şaharning Saut-End tumanida taomlarni olib ketiş uçun möljallangan restoran oçib, palovni menyudagi asosiy taom deb belgilagan.

Mahalliy naşrga köra, oxirgi yillarda Şarlottada öziga xos kulinariya tajribalari ketyapti, turli millatlar va elatlarning oşxonalari oçilyapti.

“Markaziy Osiyo taomi şaharda özining doimiy iste’molçilarini topa oladimi? Nazirda bu savolga javob yöq. U köp bölmagan tajribasiga – oş pişirişni bobosidan örgangan – va umidlariga tayanib iş yuritayotganini tan oladi”, – deya yozadi jurnal.

“Biz hozirça bozorda tajriba qilib köryapmiz, qani ovqatlarimiz odamlarga yoqarmikan-yöqmikan. Ikki, uç, tört oy işlab körmoqçiman, keyin işlar qanaqa ketayotganiga qarab bir töxtamga kelamiz”, – degan Nazir naşr muxbiri bilan suhbatda.

Foto: Charlotte Magazine

Şuningdek, Nazir onasi bilan birgalikda manti ham pişiryapti. Restoranda özbek milliy taomlari bilan birga açi-çuçi salat hamda bodring va rediskali salat ham taklif etiladi.

Sarvar Nazirning sözlariga köra, u 2023 yilga qadar avval heç restoran oçiş haqida öylamagan. Uning özi Nyu-Yorkda, ota-onasi Otabek Nazirov va Lola Nazirova 1970-yillarda Özbekistonda tuğilgan. Iqtisodçi Otabek Nazirov sönggi yillarda Özbekistonda bir neçta davlat idoralarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgani bilan özbek jamoatçiligiga taniş.

Charlotte Magazine'ning hikoya qilişiça, Covid paytida oilaning bank sohasida işlovçi a’zolaridan biri Wells Fargo bankining Şarlottadagi ofisiga işga joylaşgaç, Nyu-Yorkdagi qimmatçilik va aholi ziçligidan çarçagan oila janubga köçişga qaror qiladi.

Nazir 2019 yilda Nyu-York universitetida kimyo muhandisligi böyiça daraja olgan. Keyin polimerlar sanoatidagi Auriga Polymers kompaniyasida stajirovka ötab, keyin şu kompaniyaga işga joylaşgan, lekin bu işda özini xuddi maşinaning bir qismidek his etgan. “Bu aynan “mening” işim emasdi, tuşunyapsizmi?” deya izohlaydi u. Nazir şundan keyin bir neça yil tibbiy tadqiqotçi bölib işlagan, lekin bu işi ham uni qiziqtira olmagan. Öşa paytda, özining sözlariga köra, Şarlottada rusça gaplaşayotgan odamlarni eşitib qolgan va şundan boşlab uning xayolida imkoniyatlar gavdalana boşlagan, deya yozadi naşr.