Ğazodagi vaziyat
HAMAS harakati öt oçişni doimiy töxtatiş borasida öz takliflarini e’lon qildi. Uning köp punktlarini «noreal» deb atagan va rad etgan.
Takliflarga e’tibor beramiz. HAMAS olti haftalik asirlar almaşinuvidan söng öt oçişni doimiy töxtatiş, harbiy harakatlar töxtatilgaç, isroillik barça mahbuslarni ozod etişni taklif qilmoqda. Isroil 6 hafta ötgaç uruş qayta boşlanişini, muzokaralar natijasidan qat’i nazar, Rafahga keng kölamda hujum uyuştirilişini ta’kidlagan.
HAMAS tomonidan garovda uşlab turilgan bolalar, ayollar, qariyalar va kasalmand insonlar Isroilda qamoqda saqlanayotgan 700-1000 nafar falastinlikka almaştiriliş talabiga javoban Isroil 1 nafar isroillikka 10 nafar falastinlik almaştirilişini ta’kidlagan.
HAMAS uruşdan keyingi Ğazoda Isroil anklavni töliq tark etişi, insonparvarlik yordamlariga tösiq bölmasligi, Ğazodan majburiy köçirilganlarning öz uylariga qaytişiga monelik qilmaslik talabini qöygan. Isroil esa sektorni muddatsiz harbiy okkupatsiya qiliş, ĞAZOdagi barça siyosiy fraksiyalar hukumatga kirmasligi, BMTning Yaqin Şarqda falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi tugatilişi, yordamlar Isroil tomonidan tanlab olingan falastinliklar tomonidan taqsimlanişi, Ğazoda faqat yahudiylar yaşaydigan manzilgohlar taşkil etilişi ehtimolini ilgari surmoqda.
Ukrainaga yordam
Kongress Ukrainaga 60 mlrd dollarlik yordam uçun ovoz beradi, degan AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan
«Biz Ukrainaga uçun bu yordamni olamiz. Ötgan haftada front uçun zarur bölgan qurol-aslahalardan iborat 300 mln dollarlik yangi yordam paketi ajratdik», — degan Baydenning maslahatçisi Kiyevga yaşirin taşrifi çoğida.
Uning sözlariga köra, AQŞ Ukrainaga yanada köproq qurol-yaroğ jönatiş uçun 50 dan ortiq davlatni qamrab olgan koalitsiya bilan birgalikda iş olib boradi.
Sallivanning ta’kidlaşiça, Rossiya allaqaçon yutqazib bölgan, AQŞ Ukrainaga işonadi va Ukraina ham AQŞga işonişi kerak. Jo Bayden Ukrainaga pul ajratilişi uçun har kuni kuraş olib bormoqda.
Niderlandiya ilk F-16 samolyotlarini Ukrainaga 2024 yilning ikkinçi yarmidan yetkazib bera boşlaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajarib turgan Kaysu Ollongren Kiyevga taşrifi çoğida aytgan.











