Hindiston ğarbida dunyodagi eng yirik elektr stansiyasi qurilişi boşlandi. Loyiha Gujarat ştatida amalga oşirilmoqda, deb xabar berdi CNN. 

Stansiya Parijdan beş baravar katta böladi. U butun Şveytsariyani ta’minlaş uçun yetarli energiya işlab çiqariş imkoniyatiga ega böladi. 

Loyihaning qiymati taxminan 20 milliard dollarni taşkil qiladi. Quriliş işlari beş yil içida yakunlanişi rejalaştirilgan. Qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan işlaydigan elektr stansiyasi Hindistonning 16 million xonadonini toza energiya bilan ta’minlaydi. 

Quriliş işlari Adani Green Energy Limited (AGEL) kompaniyasi tomonidan amalga oşirilmoqda. Uning egasi Sagar Adani Osiyoning eng boy ikkinçi odami Gautama Adani (boyligi 100 mlrd dollar) ukasi hisoblanadi. 

Qayd qilinişiça, stansiya Hindistonning ifloslaniş darajasini pasaytiriş va iqlim böyiça maqsadlariga erişiş, şu bilan birga dunyodagi eng ziç joylaşgan mamlakat va eng tez rivojlanayotgan yirik iqtisodiyotning ortib borayotgan energiya ehtiyojlarini qondiriş uçun juda muhimdir. Hindistonda işlab çiqarilgan elektr energiyasining 70 foizi hali ham kömir hissasiga töğri keladi. 

AGEL ma’lumotlariga köra, Hindiston va Pokistonni ajratib turuvçi dunyoning eng xavfli çegaralaridan atigi 12 mil uzoqlikda joylaşgan park 200 kvadrat mildan ortiq maydonni egallaydi va energiya manbalaridan qat’i nazar, sayyoradagi eng yirik elektr stansiya böladi. 

Parijda joylaşgan Xalqaro Energetika Agentligi (XEA) ma’lumotlariga köra, Hindiston dunyoda energiya iste’moli böyiça uçinçi örinda turadi, garçi uning aholi jon boşiga energiya iste’moli va emissiyasi global örtaça körsatkiçning yarmidan kam bölsa-da.