Özbekistondagi eng yirik benzin şoxobçalari tarmoği – “Özbekneftgaz”ga qaraşli UNG Petro MÇJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat uluşi xususiylaştirilgan.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, ayni paytda “UNG Petro” MÇJning 100 foiz uluşi “Petroleum Technology Group” MÇJga ötgan. Bu kompaniyaning yagona ta’sisçisi - Komilov Doniyor Abdulazizoviç.
Mazkur kompaniya 2023 yil 4 oktyabrda Toşkentda röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 101 mln söm. Faoliyat yönalişi – tijorat faoliyati va boşqaruv masalalari böyiça maslahat beriş.

Ötgan yilning 31 may kuni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xususiylaştiriş böyiça professional konsalting kompaniyasini jalb etiş yuzasidan tanlov e’lon qilgandi. Şundan söng, jamoatçilikka bu borada heç qanday qöşimça ma’lumot berilgani yöq. “Petroleum Technology Group”ning qaçon va qança narxga UNG Petro AYoQŞlar tarmoğiga ötkazilgani noma’lum.
Doniyor Komilov kim?
Doniyor Komilov – Özbekistondagi közga köringan siyosatçilardan biri Abdulaziz Komilovning öğli. Uzoq yillar taşqi işlar vaziri lavozimida işlagan Abdulaziz Komilov hozirda prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari hisoblanadi.
2021 yilda yagona ta’sisçisi Doniyor Komilov bölgan “Metropol Group” MÇJ Toşkent şahri Sayilgoh köçasida joylaşgan sobiq MXX binosini 210 milliard sömga sotib olgandi. Keyinçalik 2023 yilning bahorida Radisson Hotel Group kompaniyasi “Metropol Group” bilan mazkur bino örnida mehmonxona quriş böyiça bitim imzolagani ma’lum böldi.
2023 yilning fevral oyida Komilov egalik qiladigan “First Premium Alliance” MÇJ Özbekistondagi eng yirik spirt zavodi – “Qöqon biokimyo” AJni sotib olingani ham











