Bugungi kunda “Özbekneftgaz” AJ tasarrufida 118 ta kon mavjud bölib, şundan 85 ta kondan tabiiy gaz qazib olinmoqda. Qolgan 33 ta konlarda geologiya-qidiruv işlari amalga oşirilmoqda. Uşbu konlarning tabiiy gaz zaxirasi respublika umumiy gaz zaxirasining 49 foizi, ya’ni 1 trln kub metrga yaqin. Uglevodorodlarni qazib olişda jami 1 450 ta quduqlardan foydalanilmoqda va bularning barçasi, töliq “Özbekneftgaz” AJga tegişlidir. 

Sönggi yillarda “Özbekneftgaz” AJ tomonidan Respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gazga nisbatan ehtiyojini qondiriş maqsadida Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor va Farğona regionlarida zaxiralarni köpaytiriş hamda yangi konlarni oçişga qaratilgan geologiya-qidiruv işlari keng kölamda olib borilmoqda.

Jamiyat tomonidan neft va gaz geologiya-qidiruv işlarini sifatli va tezkor amalga oşiriş maqsadida zamonaviy uskunalarga ega mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda Ustyurt, Buxoro-Xiva regionlarining katta çuqurlikdagi maydonlarida bir qator tadbirlar olib borilmoqda. “Özbekneftgaz” AJga Toğ kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tayyorlangan 20 ta yangi maydonlar taqdim etilib, ularda yangi quduqlarni burğilaş işlari olib boriş rejalaştirilmoqda.

2020-2022 yillarda respublika hududida 4 000 km2 3D qidiruv işlari bajarildi, 42 ta yangi maydonlar burğilaşga jalb etildi, 116 ta yangi quduq burğilandi va natijada 12 ta yangi tabiiy gaz konlarini oçiş bilan bir qatorda, 90 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda 3,8 mln tonna suyuq uglevodorod zaxiralarini köpaytirişga erişildi.

“Özbekneftgaz” AJ tomonidan 2022 yilda “Yangi Olot”, “Yangi Tegirmon” va “Niyoz” kabi konlarning oçilişi bilan hozirda geologiya-qidiruv işlarining asosiy tadbirlari “Tegirmon” konlari guruhi hamda “Niyoz” gazkondensat koniga qaratilgan. “Yangi Olot” va “Niyoz” konlarining har birida 2 tadan yangi quduqlarni burğilaş işlari amalga oşirilmoqda.

Qazib çiqariş tadbirlar doirasida 2022 yilda 32,2 mlrd kub metr tabiiy gaz, 100,2 ming tonna neft va 1 428,3 ming tonna gaz kondensati mahsulotlari qazib olindi, 697,8 ming tonna suyultirilgan gaz işlab çiqarildi hamda gazni qayta işlaş zavodlarida tabiiy gazni qayta işlaş orqali 236,5 ming tonna oltingugurt 127,4 ming tonna polietilen işlab çiqarişga erişildi.

Neft mahsulotlarini Buxoro neftni qayta işlaş zavodida qayta işlaş orqali qariyb 1 mln tonna benzin, 331 ming tonna dizel yoqilğisi, 141 ming tonna aviakerosin işlab çiqarildi. Şuningdek gazni öta çuqur qayta işlaş natijasida yuqori texnologiyalarni jamlab olgan “GTL” zavodida 140 ming tonna dizel yoqilğisi işlab çiqarişga erişildi.