Bayden jurnalistlarga Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalarni sözlab bermoqda. Vaşington, 2024 yil 20 fevral.
Foto: Chip Somodevilla / Getty Images

5 mart kuni bölib ötgan «superseşanba»dan söng 2024 yil noyabrida 81 yoşli Jo Bayden va 77 yoşli Donald Tramp kuraş olib borişi borasidagi barça şubha-gumonlar tarqaldi. The New Yorker jurnali AQŞning amaldagi prezidenti özining sönggi saylov kampaniyasini qanday olib borayotgani haqida katta maqola e’lon qildi. Baydenning özi va uning maslahatçilari bilan sözlaşgan jurnalist Evan Osnos şunday xulosaga kelgan: Bayden öz ğalabasiga mutlaqo şubha qilmayapti. Boz ustiga, Trampni özidan boşqa heç kim yenga olmasligiga uning işonçi komil.

5 mart kuni AQŞda «superseşanba» — bir yöla 15 ta ştatda praymerizlar bölib ötdi. Donald Tramp ularning 14 tasida ğalaba qozondi va faqat Vermontda Nikki Heyliga mağlub böldi. Ertasi kuni, natijalar e’lon qilingaç, Heyli saylov poygasidan çiqişi haqida bayonot berdi, biroq Trampni qöllaşdan boş tortdi.

Jo Bayden esa 15 ta ştatning barçasida, ayrimlarida Putin havas qiladigan 90 foiz ovoz töplab praymerizda ğalaba qozondi. Lekin u 44 yil içida dastlabki ovoz berişda yutqazgan ilk amaldagi prezident ham böldi. Amerika Samoasida unga bor-yöği 91 kişi ovoz bergan.

Demokratlar uçun boş muammo Bayden ma’muriyatining Isroil va Falastinga nisbatan siyosatidan norozi söl aktivistlarning «hammaga qarşi» ovoz beriş böyiça çaqiriqlari böldi. «Superseşanba»da bunday band oltita ştatda ötgan saylov byulletenlarida bölgan va uni 6–19 foiz demokratlar tanlagan. Miçigandagi 110 ming aholisidan teng yarmi kelib çiqişi arablardan bölgan Dirbron şaharçasida Bayden 40 foiz ovoz töpladi, «hammaga qarşi» ovoz esa 56 foizni taşkil etgan. Bu hol ikkilanayotgan bu ştatda Baydenning mağlubiyatga uçraşiga olib kelişi mumkin.

Formal jihatdan praymeriz iyun oyi boşlarigaça davom etadi, biroq har ikki nomzod 5 noyabrda ötadigan prezidentlik sayloviga diqqatini töliq qaratadi.

Tanqidçilar Baydenni prezidentlik muddatida içki va taşqi krizislar juda köp röy bergan Jimmi Karterga öxşatişadi. Partiya içida Karterdan norozilik şu darajaga yetganki, senator Edvard Kennedi unga praymerizda çaqiruv qilgan. Kennedi yutqazgan, lekin uning ortidan Karter ham respublikaçi Ronald Reyganga mağlub bölgan.