Rossiyaning Moskva viloyati, Krasnogorsk şahridagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida otişma yuz berdi. Mahalliy OAV xabarlariga köra, noma’lum şaxslar avtomat miltiqdan odamlarga qarata öq uzgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, önlab qurbonlar bor. Voqea «Piknik» guruhining konserti boşlanişidan oldin sodir bölgan.

Voqealarning dastlabki soniyalari aks etgan videolavhada qurollangan ikki kişi körinadi. Biroq, ularning soni kamida beş nafar ekani aytilmoqda.

Qayd etilişiça, konsert zali binosida yonğin boşlangan. Bunga portlaş sabab bölgani aytilmoqda. Bino tomining bir qismi qulab tuşgan.

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov voqea joyiga yetib borgan. «Men voqea joyidaman. Operativ ştab tuzildi. Barça tafsilotlar keyinroq», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Moskva viloyatining huquq-tartibot idoralari, maxsus kuçlari «trevoga» bilan oyoqqa turğizilgan.