Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Holl»da harbiy libosdagi şaxslar «Piknik» guruhi konserti arafasida avtomatdan odamlarni öqqa tutdi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining sönggi ma’lumotlariga köra, kamida 60 kişi halok bölgan. Soğliqni saqlaş vazirligi 115 nafar jabrlanuvçi şifoxonalarga yotqizilgani, şundan beş nafari bolalar ekanini ma’lum qilgan. Otişma boşlangan mahalda zalda olti mingga yaqin tomoşabin bölgan bölişi mumkin — «Piknik» konserti uçun barça çiptalar sotib bölingandi. Odamlar «Krokus Siti Holl»ni tark etayotganida u yerda bir neça portlaşlar sodir bölgan. Binoda yonğin boşlangan, uning tomi amalda butunlay qulab tuşgan. Rossiya Tergov qömitasi terakt töğrisida iş oçgan. Vladimir Putinga röy bergan hodisa haqida «ilk daqiqalardayoq» xabar berildi, degan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Otişma «Piknik» guruhining Moskva çekkasidagi «Krokus Siti Holl»dagi konserti arafasida boşlandi.

RIA Novosti muxbiri xabariga köra, parterga kamuflyajda bölgan kamida uç kişi bostirib kirib, avtomat quroldan öt oça boşlagan. Şundan keyin, ular granata yoki yondiruvçi şaşka uloqtirgan, natijada yonğin boşlangan. Zaldagi odamlar polga yotişgan, 15–20 daqiqa ötib u yerni emaklagan holda tark etişga kirişişgan.

Konsertga kelgan va omon qolganlardan biri «Novaya gazeta Yevropa» naşri bilan suhbatda otişma konsert boşlanişi arafasida, ikkinçi va uçinçi qönğiroqlar oraliğida röy berganini aytgan. U foyeda avtomatdan sidirğasiga öt oçilganini eşitgani, şundan keyin qöriqçilar odamlarni zaldan sahna orqali çiqara boşlaganini aytgan. Otişma vaqtida ayrim tomoşabinlar hali paltolarini garderobga topşirayotgandi.

Guvohlar «Moskva 24» naşriga boloxonada ötirişgani va otişma ovozlarini eşitişganini gapirib berişgan. Ular ikkinçi qavatdan tuşa boşlaşganida allaqaçon zalda ham odamlarni ota boşlaşganini tuşunişgan. Boşqa guvohlar, öq ovozi kelişi bilan polga yotişgani, ammo barça yuqoriga çiqayotganini körgaç, ular ham kötarila boşlaganini aytişgan. «Barça tomondan otişardi, şunçaki hamma yoqdan», — degan guvohlardan biri.

Otişma oqibatida kamida 60 kişi halok bölgan. Rossiya tergov qömitasi kamida 40 kişi halok bölgani haqida ma’lum qilgan, 115 kişi şifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar va yaradorlar soni hali ortişi istisno etilmayapti.

«Ostorojno, novosti» telegram-kanali harbiy libosdagi kamida uç kişi holl burçaklarida yaşirinişga uringan odamlarni yaqin masofadan tutib öqqa tutayotgani aks etgan videolarni namoyiş etgan. Voqea joyida bölgan Msk1 muxbiri öldirilganlarning jasadlari köçalarda yotgani haqida xabar qilgan.