RF prezident matbuot xizmati  Crocus City Hall’da teraktga bevosita aloqador 4 terrorçi qölga olingani haqida ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, teraktda gumonlanib, jami 11 kişi qölga olingan — ulardan 4 nafari bevositda  Crocus City Hall’dagi hujumda iştirok etgan, deyiladi bayonotda.

Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinşteyn teraktda gumonlanayotganlar qoçgan Renault avtomobili Bryansk viloyatining Xatsun qişloği hududidan topilganini ma’lum qildi. Unga köra, gumondorlarning biri maşina bilan birga qölga olingan, yana biri esa örmon hududida uşlangan.

Xinşteynga köra, Renault salonidan “PM” töpponaçasi, “AKM” avtomatining öqdoni va Tojikiston fuqarolarining pasporti topilgan.

Mahalliy OAV bungaça teraktda gumonlanayotganlar Tojikiston fuqarolari ekani haqida yozdi. Tojikiston TIV esa respublika fuqarolarining teraktga aloqadorligi haqida Rossiya tomonidan rasmiy xabar olmagani haqida bayonot berib, ommaviy axborot vositalarini rasmiy manbalarga tayanişga çaqirdi.

Rossiya Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, ayni damda terakt qurbonlari soni 93 kişiga yetgan. Moskva meri Sergey Sobyanin teraktdan jabr körganlarga 500 mingdan 3 mln rublgaça moddiy kömak berilişini ma’lum qildi.