Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat uruş holatida ekanini aytdi.

Peskovning fikriça, barçasi Putin aytganidek «maxsus harbiy amaliyot» körinişida boşlangan va göyoki Ğarb harbiy harakatlarga aralaşganidan keyin Rossiya uruş holatiga kirgan.

«Bizda törtta yangi sub’yekt paydo böldi. Vazifamiz bu yerlardagi odamlar xavfsizligini ta’minlaş va ularni amalda Kiyev rejimi bosqinidan ozod qiliş.

Biz uruş holatidamiz. Ha, barçasi «maxsus harbiy amaliyot» körinişida boşlandi. Ammo kollektiv Ğarb Ukraina tomonda saf tortganda, bu biz uçun uruşga aylandi. Mening bunga işonçim komil, boşqalar ham özi uçun bilib qöygani yaxşi», degan Peskov «Argumenty i fakty» gazetasiga bergan inrervyusida.

Ma’lumot uçun, Rossiyada Ukrainadagi uruşni rasman «maxsus harbiy amaliyat» deb ataşadi. Uruşni uruş deb ataganlik uçun rossiyaliklar javobgarlikka ham tortilişi mumkin. Kremlda ilk marta mamlakat uruş holatida ekani haqida gapirişdi.