Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Moskva şahrining Domodedovo va Vnukovo aeroportidan parvoz qiladigan yölovçilarni aeroportga ertaroq kelişga çaqirdi.
Kompaniya buni xavfsizlik çoralari kuçaytirilgani bilan izohladi.
«Moskvada xavfsizlik çoralari kuçaytirilganligi sababli, Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qiladigan yölovçilarni Moskva aeroportlariga belgilangan vaqtdan oldinroq kelişlarini söraydi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Moskva viloyati, Krasnogorsk şahridagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida otişma yuz bergani, noma’lum şaxslar avtomat miltiqdan odamlarga qarata öq uzgani, önlab qurbonlar borligi haqida xabar berilgan edi.
Şundan söng, Moskva şahri va viloyati ma’muriyati aeroportlar, vokzallarda xavfsizlik çoralari kuçaytirilganini e’lon qildi.
Şu bilan birga, Moskvadagi onlayn taksi xizmatlariga buyurtmalar soni keskin köpaygani, yölkira haqi ham bir neça barobar oşgani haqida xabar berildi.













