15 yoşli maktab öquvçisi, «Krokus Siti Holl»da garderobçi bölib işlagan Islom Xalilov xizmatçilarning xonalari orqali çiqiş yölini körsatib, yuzdan ortiq kişining hayotini saqlab qolgan. Bu haqda birinçi bölib «112» telegram-kanali xabar tarqatdi.
Islom Xalilov «Moskva onlayn» naşriga konsertn zalda bir yilga yaqin vaqtdan buyon işlab kelganini aytgan. Terakt kuni u soat 16:00 da smenani qabul qilib olgan. Hujum boşlanganida u kuçli ovozlarni eşitgan, avvaliga buni «qandaydir şovqin soluvçi guruh keldi» deb öylagan. Xalilov zinapoya tomondan odamlar çopib kelayotganida vaziyat yaxşi emasligini tuşungan.
«Men harakat qilmasam öz hayotimni ham, boşqalarnikini ham yöqotişimni angladim. Töğrisi, bu juda qörqinçli edi. Men odamlar orasida ekanimda, eşikni oçiş uçun ketayotganimda, yoki zinadan, yoki eskalatordan kimdir çiqib kelib, granata uloqtirişi yoki öt oçişi mumkinligini öylardim. Xudoga şukrki, heç narsa röy bermadi, men öz vaqtida eşikni oçdim va barçani «Ekspo» tomonga ötkazib yuborişga ulgurdim», deydi u.
Xalilovning tuşuntirişiça, xodim sifatida unga favqulodda holatlarda qanday harakatlaniş böyiça körsatma berilgan, şu tufayli u «odamlarning xavfsizligini ta’minlaş uçun ularni qayerga olib boriş kerakligi»ni bilgan. Yakunda u yuz nafar atrofidagi odamni «Krokus Siti Holl»ga yondoş joylaşgan «Krokus Ekspo»ning kiriş joyigaça olib borgan. Ösmirning özi oxirgi bölib ötgan, özining sözlariga köra, «boşqa heç kim qolmaganiga işonç hosil qiliş uçun».
«Onam karaxt holatga tuşdi, şunday işlarni boşimdan ötkazişga töğri kelgani uçun yiğladi. Köz öngimda röy bergan barçasi uçun. Mening özim, töğrisini aytsam, şok holatdaman. Köz öngimda bir kişini otişdi, bu haqda öylaşdan töxtamayapman», — dedi Xalilov.
Ruptly uçun intervyusida Xalilov özini qahramon deb hisoblamasligini aytgan: «Bu mening işimning bir qismi edi. Yuzlab odamlar ölib berişiga yöl qöygandan köra özingni qurbon qilganing yaxşiroq».
Xalilov — Moskvaning «Spartak» klubi muxlisi. Uning qahramonligi haqida ma’lum bölganida, klub uni futbolçilar bilan uçraşuvga taklif etib, turli sovğalar va jamoaning uy uçraşuvlari uçun abonement sovğa qilgan.















