«Crocus City Hall»da ança professionallik bilan, barça detallarigaça rejalaştirib amalga oşirilgan terrorçili aktining ğoyasi qayerda paydo bölgan, degan savolni uyğotadi. Çindan ham, eng oddiy sxema tanlangan: unda binoning yirikligi va murakkabligi, şuningdek, konsert zalining maksimal tölgani ham boşlanğiç öylanmaning ajralmas qismi bölib xizmat qilgan. Bunday rejada punktlar soni qança kam bölsa, uni amalga oşiriş şunçalik osonlaşadi. Eng oddiy reja eng katta muvaffaqiyat ehtimoliga ega.

Kalaşnikov avtomatlari teraktning boşlanğiç qismida vosita bölib xizmat qilgan — terakt ijroçilari sarosimaga tuşgan odamlarni köplab yopiq eşiklar orasidan oçiğini topiş uçun yönaltirişgan. Quroldan esa vahima keltirib çiqariş uçun foydalanişgan. Asosiy e’tibor olomonning betartib harakati, yonadigan mahsulotlardan zaharlaniş va yonğinning öldiruvçi haroratigaga tikilgan.

Binoning loyihasi va quriliş asnosida yonğinga qarşi me’yorlarga amal qilinganini tadqiq qilib köriş foydali bölar edi. Aftidan, yonğin kutilganidan, va avvalroq sodir bölgan şu kabi voqealarga nisbatan sekinroq yoyilgan. Bino arxitektori va loyihaçisi köplab hayotni saqlab qolgan bölişi ehtimoli ham yöq emas.

Agar terrorçilarning boş maqsadi — imkon qadar köproq qurbonlar va media olamida maşhur böliş bölsa, har qanday yirik zamonaviy şaharda bunga mos keladigan köplab obektlar bor: sport va tomoşa inşootlari, transport infratuzilmasining muhim boğlamlari, bayramlar munosabati bilan ommaviy tadbirlar va h.k.

Boy tanlov garçi maxsus xizmatlarda uşbu muhitda manba bölgan taqdirda ham terakt taşkilotçilarining yakuniy qarorini oldindan taxmin qilişni qiyinlaştiradi. Teraktni rejalaştirişda bir neçta öxşaş obektlar körib çiqilgan va «Crocus City Hall» bekorga tanlanmagan.

Foto: Ivan Vodopyanov / Kommersant

Maxsus xizmatlarning boşqaruv organlari joylaşgan Moskva şahrining markazidan uzoqdaligi, uşbu hududning ma’muriy tegişliligi bahsli bölgani ham rejaning bir qismi. Juma oqşomida poytaxt Moskvada eng ziç tirbandlik kelib çiqadi, bu ham aksilterror bölinmalarining voqea joyiga imkon qadar tezroq yetib borişiga monelik qilgan. Bunday holatlarda voqea joyiga dastlabki guruhlarni yetkazişda vertolyotlardan foydalaniş masalasi örtaga çiqadi.

Natijada, terrorçilik akti boşlanğiç rejaga töliq muvofiq holda, uzilişlarsiz, 18 daqiqa içida amalga oşirilgan.