24 mart kuni Moskvaning Basman sudida tergovning «Krokus Siti Holl»dagi konsert zalida 22 mart kuni sodir etilgan terakt işi böyiça tört figurantni qamoqqa oliş böyiça sörovi körib çiqildi. FXX gumonlanuvçilar 23 mart kuni Bryansk oblastida uşlanganini ma’lum qilgan: ular maşinada Rossiya-Ukraina çegarasi tomon harakatlangani aytilgan. Şundan keyin z-kanallarda tört gumondordan ikki nafari Rajabalizoda Saidakrami Murodali va Şamsiddin Fariduni söroq vaqtida qiynoqqa solingani aks etgan foto va videolar tarqaldi. Propagandaçi Margarita Simonyan «guruh rahbari» deb atagan Dalerjon Mirzoyev hamda Rajabalizoda Saidakrami Murodali avvalroq tergov izolyatoriga yuborilgandi. Quyida sud zalidan asosiy kadrlar keltiriladi.

Denis Voronin / «Moskva» agentligi
Vasiliy Kuzmiçyonok / «Moskva» agentligi
Aleksandr Zemlyaniçenko / AP / Scanpix / LETA
Pavel Bednyakov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Dalerjon Mirzoyev Basman sudida majlis zaliga olib kirilmoqda
Aleksandr Zemlyaniçenko / AP / Scanpix / LETA
32 yoşli Dalerjon Mirzoyev — Tojikiston fuqarosi, tört nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Tergov ma’lumotiga köra, uning Novosibirskdagi vaqtinça turiş muddati ötib ketgandi. U aybiga töliq iqror bölgan.
Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA
Rajabalizoda Saidakrami Murodali zalga olib kirilmoqda. Kuçişlatar tuzilmalar xodimlari aynan uning quloğini kesib, oğziga solib qöyişgandi. Foto: Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA