Dalerjon Mirzoyev, Murodali Rajabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Fariduni Şamsiddin tergov söroviga köra 22 mayga qadar hibsga olindi.
Ularning barçasi uyuşgan guruh tarkibida odamlar ölimiga olib keluvçi terakt sodir etişda ayblangan.
Tergov versiyasiga köra, ularning barçasi 130 dan ortiq kişi halok bölgan «Krokus Siti Holl»ga hujumda bevosita iştirok etgan.
Sudda nimalar böldi?
«Krokus Siti Holl»dagi terakt işi böyiça ilk ayblanuvçi Dalerjon Mirzoyev sudda yuzidagi kökarişlar bilan paydo böldi.
Unga berilgan ilk savollardan keyin tergovçi sudyadan jarayonni matbuot uçun yopiq tarzda ötkazişni söradi va sudya Yelena Lenskaya rozilik bildirdi, deb xabar beradi «Mediazona».
Tergovçi oçiq sud majlisi «tergov sirlari oçiqlanişiga olib kelişi», şuningdek «jarayon iştirokçilari hamda ularning qarindoşlari xavfsizligini tahdid ostida qoldirişi» mumkinligini aytgan.
Bungaça, «Mediazona» xabariga köra, sudya tarjimon orqali Dalerjon Mirzoyevdan undan nima söralayotganini qançalik tuşunayotganini söragan, u esa bunga qisqaça javob qaytarib, özini tojik tilida taniştirgan.
«Mediazona» sud zalidan xabar berişiça, Mirzoyevning rafiqasi va tört nafar farzandi bor, uning Novosibirskda uç oylik röyxatga oliş muddati tugagan.
Ikkinçi ayblanuvçi, Saidakrami Murodali Rajabalizoda, zalga boşi boğlangan holatda keltirildi. Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda biroz avvalroq «Krokus»ga hujum iştirokçilarining qölga olinişi va dastlabki söroq qilinişi jarayoni aks etgan videoyozuvlar tarqalgan, ulardan birida Rajabalizodaning bir quloği kesib olinib, oğziga tiqilgani aks etgandi.
Bu sud majlisini Basman sudi sudyasi Timur Vaxrameyev olib bordi. U ham gumonlanuvçilar bilan tanişuvdan keyin jarayonni matbuot uçun yopiq şaklga ötkazgan.
Murodali ham tarjimon orqali tojik tilida javob qaytargan. U 30 yoşda ekani, rafiqasi, farzandi borligi, Rossiyada registratsiya qilgani, ammo qayerdaligini — eslay olmasligini aytgan.
Fariduni Şamsiddinga ham ayblov e’lon qilinib, qamoqqa oliş böyiça ehtiyot çorasi qöllangan.
Rossiya agentliklari xabariga köra, 19 yoşli Fayzov sudga şifokorlar hamrohligida katalkada olib kelingan (fotosuratlarga qaraganda, bu yiğiluvçi kolyaska) va gapira olmaydigan holatda bölgan. Uning bir közi öyib olingan.














