Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat huquq-tartibot idoralari rahbarlari bilan videomuloqot körinişida yiğiliş ötkazdi.

«Terakt radikal islomçilarning qöli bilan amalga oşirilganini bilamiz. Bizni buyurtmaçi kim ekani qiziqtiradi. Terakt 2014 yildan buyon Kiyev rejimining qöli bilan bizga qarşi uruşayotganlar uçun ayni muddao bölişi mumkin. Natsistlar har qanday iflos işlardan tap tortmay foydalanişadi. Ustiga-ustak hozir ularning qarşi hujumi barbod bölgan vaqt.

Ularning maqsadi Kiyev rejimi hali mavjudligini körsatiş, ğarblik kuratorlariga quloq solib, oxirgi ukrainalik qolguniga qadar jang qiliş.

AQŞ har xil kanallari orqali göyoki öz razvedka ma’lumotlariga köra hammani teraktga Ukrainaning aloqasi yöqligiga işontirmoqçi. Ular hammasini Rossiyada taqiqlangan IŞID qilganiga işontirmoqçi. Bir savolga javob topiş kerak: terrorçilar jinoyatni qilgaç, nega Ukraina tomonga qarab qoçgan? Ularni u yerda kim kutib turgan?» degan Putin.

Rossiya prezidenti terakt fonida jamoatçilik jipslaşgani, odamlar jabrlanganlarga hamdard bölganini aytgan. Şuningdek, rossiyaliklarning umumiy dardi oğir bölsa-da, terakt böyiça suriştiruv professional tarzda ötişi kerakligini ta’kidlagan.