25 mart kuni Moskvadagi Basmanniy rayon sudi tergov talabiga köra «Krokus Siti Holl»dagi terakt böyiça jinoiy iş doirasida yana uç figurantni qamoqqa oldi.

Aka-uka Dilovar va Aminjon Islomov, şuningdek ularning otasi Isroil ikki oy muddatga, 22 mayga qadar hibs qilingan. Sud kartotekasiga köra, ularning uçalasiga nisbatan uyuşgan guruh tarkibida insonlar ölimiga olib kelgan terakt sodir etiş (RF JK 205-moddasi, 3-qismi, «b» bandi) moddasi qöllangan. Dilovar va Aminjon Islomovga ayblov e’lon qilingan, ularning otasi hozirça gumonlanuvçi maqomida qolmoqda.
Islomovlar Tverda işlab, yaşab kelgan. 23 yoşli Dilovar Islomov — terrorçilar «Krokus»ni tark etişda foydalangan «Reno»ning egasi bölgan. Terakt sodir etilişidan bir neça soat ötib u «Novaya gazeta Yevropa» naşriga bir hafta oldin maşinani rafiqasining akasiga sotganini aytib bergandi (RIA Novosti vaziyatdan boxabar manbaga asoslanib xabar qilişiça, Islomov maşinani fevralda sotgan, ammo transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş uning nomida qolgan).
Dilovar va uning 33 yoşli akasi Aminjon, özlarining aytişiça, tergov qömitasiga öz ixtiyori bilan kelgan. «Mening maşinamni körganimizda biz özimiz keldik», — deya Dilovar Islomovning sözlarini keltirgan «Mediazona». Aminjon Islomov sudyaning u nimada ayblanayotganini qançalik tuşunayotgani borasidagi savolga javoban şunday degan: «Men aybdor emasman».

Tergovning tasdiqlaşiça, Dilovar va Aminjon Islomovlar jinoiy guruh safida bölişgan, ularni terrorçilikda gumonlanayotganlardan biri Şamsiddin Fariduni jalb etgan: Aminjonni — 2024 yil yanvarida, Dilovarni — 2024 yil 11 martigaça.

Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Vladimir Putin iştirokidagi yiğilişda tergov versiyasiga köra Islomovlar terrorçilarga yaşaş uçun kvartira va avtomobil taqdim etişgani, şuningdek ularga pul ötkazib berişganini aytgan.
Bir kun oldin sud terakt ijro etilişida gumonlanayotgan tört kişi — Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Şamsiddin Faridunini qamoqqa olgandi. Ulardan dastlabki ikkisi aybiga iqror bölgan.












