AQŞning Merilend ştati Baltimor şahridagi 2,5 kilometr uzunlikka ega Frensis Skott Ki avtomobil köprigiga yuk kemasi urilib, qulatib yubordi. Bu vaqtda köprik uzra avtomobillar harakati töxtatilgan edi.

Qulatilgan Frensis Skott Ki köprigi. Foto: EPA

Lekin şunga qaramasdan, mahalliy mulozimlarning ma’lumotiga köra, Patapsko daryosi uzra qurilgan köprikning qulaşi tufayli bir neçta avtomobil, jumladan tirkamali yuk maşinasi ham suvga qulagan.

Köprikka Singapur bayroği ostida suzayotgan, Şri-Lanka poytaxti Kolombo şahri tomon yöl olgan 300 metrli Dali konteyner taşuvçi kema kelib urilgan. Kema Maersk yirik kemaçilik kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan edi. Kemaga jiddiy ziyon yetmagan, u qulagan köprik bölaklari orasiga tiqilib qolgan.

AQŞning kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi böyiça federal agentligi oşkor qilgan ma’lumotlarga köra, köprik tayançiga kelib urilişidan avval Dali kemasi «boşqaruvni yöqotgan».

Meridlend ştati transport vaziri matbuot anjumanida olti kişi bedarak yöqolganini aytgan. Ular suvga çökib ketgan bölişi mumkin, deb yozadi BBC.

Avvalroq ikki kişi suvdan olib çiqilgan va ulardan biri tibbiy yordamdan boş tortgan. Ikkinçisi esa oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgan, degan Baltimor yonğin departamenti boşliği Jyeyms Uolles.

Suvdan qutqarilgan va bedarak ketganlarning barçasi töqnaşuv yuz bergan tunda köprikdagi yöl qoplamasini ta’mirlayotgan işçilar bölişgan. Merilend gubernatori Ues Murning xabar berişiça, töqnaşuvdan avval kema falokatga uçraganlik signalini bergan va köprik böylab harakat töxatilgan. Biroq köprikni tark etişga ulgurmagan avtomobillar ham bölgan.

Baltimor qöltiğidagi suvning harorati ayni damda +9 darajani taşkil etadi. Bunday suvga kiriş juda xavfli, çunki inson tanasi harorati 35 darajadan pasaysa sovuq uriş sodir böladi.