Ukrainadagi uruşning 762-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Oleksiy Danilovni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi boş kotibi lavozimidan böşatdi. Uning örnini taşqi razvedka xizmatining sobiq rahbari Oleksandr Litvinenko egalladi.
  • «Xasta va orsiz mavjudot». Zelenskiy yana bir bor Ukraina «Krokus»dagi teraktga aloqadorligi haqida gapirgan Vladimir Putinga javob qaytardi.
  • Nikolay Patruşev va Aleksandr Bortnikov ham «Krokus»dagi teraktga Ukraina aloqadorligi töğrisida gapirişdi. Şu bilan birga, Bloomberg ma’lumotiga köra, Putinning atrofidagilar amalda Kiyev teraktga aloqador deb hisoblamayapti.
  • Moskva sudi Ukraina xavfsizlik rahbari Vasiliy Malyukni teraktda ayblab, sirtdan hibsga oldi. U Ukraina maxsus xizmatlari Rossiya va Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida rossiyalik propagandaçilar hamda ayirmaçilarga qarşi suiqasdlar uyuştirganini tasdiqlagan.
  • Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşi sanksiyalarini çetlab ötgan holda Şimoliy Koreyaga neft yetkazib bera boşladi, deb yozadi Financial Times. Katta ehtimol bilan, bu barter Ukraina bilan uruş uçun qurol-yaroğ yetkazib berilgani evaziga amalga oşirilmoqda.
  • Rossiya Federal xavfsizlik xizmati «Rossiya köngillilar korpusi» tarafdorlari Samara oblastida terakt sodir etişga tayyorlangani haqida ma’lum qildi. Maxsus xizmatlar versiyasiga köra, qölga oliş çoğida «bomba portlab ketgan», gumonlanuvçi halok bölgan.

Kun kadri. Buçadagi qurbonlar uçun yodgorlik

2022 yil mart oyi oxirida Rossiya qöşini Buçadan çekingandi — Kiyev oblastidagi bu kiçik şahar Ukrainaga keng kölamli bosqinning ilk kunlarida egallab olingandi. Okkupatsiya çoğida Buçada önlab kişilar halok böldi, tinç aholi vakillarining jasadlari köçalarda yotdi. Rossiya hukumati köplab guvohliklarga qaramay, öz harbiy xizmatçilari Buçada qotilliklar sodir etganini inkor etadi. Buçadagi hodisalar haqida ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan postlar uçun RFda Rossiya armiyasi töğrisida «feyk» tarqatiş böyiça jinoiy işlar oçilgan.

Sredi ubityx rossiyskimi voyennymi v Buçe byl Svyatoslav Turovskiy. Yego otets Aleksandr vo vtoruyu godovşçinu smerti syna vozlojil tsvety