2024 yilda Rossiya gazini Qozoğiston orqali Özbekistonga taşiş hajmi 2023 yilga nisbatan qariyb 3 barobar oşib, 3,8 mlrd kub metrni taşkil etişi mumkin. Bu haqda Qozoğiston Energetika vazirligiga tayanib, TASS xabar berdi.
“Gazprom va Qozoğiston hukumati örtasida imzolangan strategik hamkorlik töğrisidagi bitim doirasida Rossiya gazining Özbekistonga yillik taşiş hajmini 2023 yildagi 1,28 mlrd kub metrdan 2024 yilda 3,8 mlrd kub metrga oşiriş belgilangan”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, 2026 yildan boşlab Rossiya gazining Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga importi 3 mlrd kub metrdan 11 mlrd kub metrgaça oşirilişi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Eslatib ötamiz, ötgan yili Özbekiston ilk marta Rossiyadan gaz import qila boşladi. UzGasTrade va “Gazprom” örtasida yiliga 2,8 mlrd kub metr yoki kuniga 9 mln kub metrgaça gaz yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzilgan. Şundan keyin tomonlar örtasida örta va uzoq muddatli şartnomalar böyiça muzokaralar boşlangan.
2024 yilgi davlat dasturiga köra, “şimoldan import qilinadigan” tabiiy gaz hajmi kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgaça oşiriladi. Respublika magistral gaz tizimini bunga tayyorlaş uçun taşqi qarzlar hisobidan 500 mln dollar ajratiş reja qilingan.













