FXX direktori Aleksandr Bortnikov RF prezidenti Vladimir Putinga «Krokus Siti Holl»ga uyuştirilgan hujumga aloqadorlikda gumonlangan 11 kişi qölga olingani haqida xabar berganidan buyon sudga navbati bilan sakkizinçi kişi ham keltirildi. Tergov qömitasi konsert zalida odamlarni öqqa tutişda bevosita iştirok etganini bildirgan tört kişidan taşqari ularning şeriklari sifatida gumonlanayotgan tört kişi tergov izolyatoriga yuborilgan, ular hozirça aybiga iqror bölmagan.

BBC uşbu odamlar haqida ma’lumot töpladi.

Ijroçilikda gumonlanayotganlar

Dalerjon Mirzoyev

Dalerjon Mirzoyev Moskva Basmanniy sudida. 2024 yil 24 mart
Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA

32 yoşli Dalerjon Mirzoyevni yuzidagi kökarişlar bilan sudga olib kelişgan, qamoqqa oliş töğrisida qaror öqib eşittirilayotganida u oyoqda tura olmadi va «akvarium» devoriga suyanib qoldi. Moskva şahri Basmanniy rayoni sudi matbuot xizmati xabariga köra, u aybiga iqror bölgan.

Rossiya FXX tomonidan e’lon qilingan, qölga oliş va söroq qiliş jarayoni aks etgan videoda Mirzoyev IŞIDga aloqador sanalgan Amaq News Agency telegram-kanali tarqatgan videodagi qotillardan biri kabi kiyimda bölgan. Videoda kök jinsi şim va yaşil sviter kiygan şaxs yarador odamning böynidan piçoq tortayotgani aks etgan.

Shot telegram-kanali ma’lumotiga köra, Mirzoyev hujum qilgan şaxslar yaşirinişga uringan «Reno» avtomobili rulida bölgan.

Sud materiallariga köra, u Tojikiston fuqarosi, uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi bor. U Novosibirskda vaqtinça propiskadan ötgan va şu şaharda taksiçi bölib işlagan, ammo uning yaşaş uçun ruxsatnomasi muddati hujumga qadar yakunlanib bölgandi.

Novosibirskdagi NGS naşri muxbiri Novosibirskda Mirzoyev yaşagan kvartira egasi bilan gaplaşgan. U Mirzoyevning Tojikistonda rafiqasi va tört nafar farzandi bölganini tasdiqlagan.

Uy egasi Mirzoyevning harakatlarida şubhali heç narsa sezmaganini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, Mirzoyev diniy adabiyotlarni örganmagan, kvartiraga faqat tunaş uçun kelgan. Işlagan pullarini Tojikistondagi onasiga yuborişini aytgan.