Lavozim almaşinuvlari Rossiya maxsus xizmatlarini ham çetlab ötmaydi, deb yozadi Bloomberg Rossiya hokimiyatiga yaqin manbalariga asoslanib. Manbalarning sözlariga köra, ayrim mansabdorlar AQŞ tomonidan kelgan bölajak hujumga tegişli tarzda munosabat bildira olmagani uçun öz kursilaridan ayrilişi mumkin.

Taxminlarga köra, FXX direktori Aleksandr Bortnikov, içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev va Rosgvardiya direktori Viktor Zolotov işdan böşatilişi mumkin. Kreml tomonidan e’lon qilingan videoda ular prezident tomonidan terakt oqibatlari böyiça ötkazilgan videoselektor majlisida iştirok etganini köriş mumkin. Biroq videoda ularning çiqişlari yöq.

V.Putin raisligida ötgan videoselektor yiğilişidan skrinşot.

Bloomberg manbalarining sözlariga köra, Kremldagilar federal budjetdan trillionlab moliyalaştirilayotgani, fuqarolar ortidan kuzatuv uçun misli körilmagan vakolatlar taqdim etilganiga qaramasdan sönggi yigirma yil içida Rossiyada sodir etilgan eng qonli teraktning oldi olinmaganidan şokka tuşişgan.

«Crocus City Hall» binosining özida «Pavşino» politsiya bölinmasi joylaşgan bölib, terrorçilar hujumi çoğida politsiya xodimlari odamlarga yordam beriş uçun kelişmagan. Gap kiçik politsiya tayanç punkti haqida ketmayapti, bu yerda pasport stoli, qurol-yaroğ xonasiga ega, zarur aslahalar bilan ta’minlangan va butun Pavşino hududini patrul qiladigan yirik bölim bor. «Bu şarmandalik, — degan manbalardan biri. — Agar bu politsiyaçilar guruhi odamlarga yordamga kelganida, şak-şubhasiz ularni qutqargan bölişardi. Politsiya xodimlari şunçaki qörqoqlik qilişgan».

Rosgvardiyaning maxsus bölinmalari — SOBR va OMON yonayotgan konsert zaliga terrorçilar hujumidan bir soat ötib yetib kelişgan. Qurolsiz odamlarga hujum esa bor-yöği 18 daqiqa davom etgan va şunday söng terrorçilar maşinasiga ötirib, voqea joyidan jönab ketgan.

Vladimir Putinning özi fuqarolarga murojaatnomasida kuçişlatar tuzilmalarning işi barbod bölganini tan olmasdan, terrorçilar Ukraina bilan boğliq ekani, ta’qibdan qoçayotgan jinoyatçilarga çegarada «darça» taşkil qilinganini ta’kidlagan. Keyinroq Putinning talqinini FXX direktori Aleksandr Bortnikov va Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev ham takrorlaşgan.