Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida yaşovçi 20 yoşli (ayol) K.A. IIOga murojaat qilib, öziga tegişli bölgan bank kartasidan 32,5 mln söm miqdoridagi pul mablağlari noma’lum şaxs tomonidan firibgarlik yöli bilan özlaştirilganini ma’lum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farğona viloyati Farğona tumanida yaşovçilar 17 yoşli M.X. sodir etgani aniqlandi.

Unga köra, M.X., jabrlanuvçi K.A, bilan "Telegram" messenjeri orqali tanişib, unga botga ulanib pul ötkazsa yutuq borligi haqida aytib uni işontirgan va jabrlanuvçi K.A. 32,5 mln. söm miqdordagi pullarni bank plastik kartasiga ötkazib bergan, ammo heç qanday yutuq olmagani ma’lum böldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, M.X.ning sodir etilib foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş yuzasidan tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.