Qanday qilib bir neça ming kişi iştirokidagi tadbirni (konsert zal 7 mingdan ortiq tomoşabinga möljallangan) qöriqlaş uçun faqat özini özi mudofaa qiliş vositalarigina ajratilgandi? Nima uçun aholi jon boşiga töğri keladigan xavfsizlik kuçlari soni böyiça dunyodagi eng yuqori körsatkiçlardan birini qayd etgan Rossiya poytaxti regionida kerakli pallada tinç aholini himoya qila oladigan qurollangan odamlar yetib kelmadi? Rossiya hukumati nima uçun AQŞning Moskvada terakt tayyorlanayotgani töğrisidagi ogohlantirişini e’tiborsiz qoldirdi?

Rossiya rasmiylari uçun yoqimsiz bölgan uşbu savollarga haligaça aniq javoblar yöq.

Qurolli hujum töğrisida xabar berilganda maxsus bölinmalar qanday harakatlanişi lozim?

FXXning öta xavfli jinoyatçilarni qölga oliş va garovga olinganlarni ozod etişga ixtisoslaşgan, şaxsi sir qoldirilişini söragan iste’fodagi zobiti BBC bilan suhbatda bunday vaziyatlar uçun maxsus xizmatlarning harakatlari instruksiyalarda aniq belgilab qöyilganini aytgan.

«Hozir uzoq çöziluvçi tasdiqlaş jarayoni yöq. Navbatçi pultiga otişma, garovga olinganlar haqida ma’lumot yetib kelişi bilan u buyruq beradi, doimo jangovar şaylik holatida turadigan birinçi guruh zudlik bilan voqea joyiga yöl oladi, qolgan jangovar guruhlar trevoga böyiça joyidan qözğaladi.

Birinçi guruh komandiri şaroitga köra harakat qiladi, zarurat tuğilganda qöşimça kuçlar olib kelinadi, operativ ştab taşkil etiladi, keyingi qarorlar şu yerda qabul qilinadi.

Birinçi, navbatçi guruhning vazifasi — imkon qadar tezroq yetib boriş. Farqi yöq — xoh vertolyotda bölsin, xoh maşinada. Agar bunday imkoniyat bölmasa — eşakka minib bölsa-da, boriş kerak», — deydi maxsus xizmatlarning sobiq xodimi.

Rosgvardiyaning Maxsus tezkor javob qaytariş otryadi (SOBR) «Krokus»ga qaçon yetib kelgan?

SOBR jangçilari bino içiga kirgani haqida birinçi bölib soat 21:32 da Mash telegram-kanali xabar tarqatdi, bu politsiya va maxsus xizmatlarga yaqin manba hisoblanadi.

Şubhasiz, binoga kiriş bundan oldinroq röy bergan, ma’lumotni qayta işlaş va naşr etişga ma’lum vaqt ketgan. Bölinma voqea joyiga yetib kelgan zahoti «Krokus» içkarisiga kira olmasligi ham tuşunarli, jangçilar nima bölayotganini tuşunib olişi, yönalişlarni belgilaşi, atrofni örganişi, binoni örab olişi hamda ehtimoliy çekiniş yöllarini tösişi talab etilardi.