Sirdaryo viloyati Guliston şahrida qiz egizaklarini bir xonali uyga almaştirmoqçi bölgan ota-onaga sud hukmi öqilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, huquqni himoya qiliş organlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyatida doimiy röyxatdan erkak va Sirdaryo viloyatida yaşovçi ayol özlarining egiz qizlarini bir xonali uy evaziga berib yubormoqçi bölganida uşlangan.
Qölga tuşgan erkak moddiy jihatdan qiynalgani uçun egizaklarni fuqarolardan biriga bir xonali uyga almaştirmoqçi bölganini aytgan. Biroq tekşirib körilganda uning moddiy tomondan qiynalgani öz isbotini topmagan.
Iş hujjatlaridan ma’lum bölişiça, ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirgaç eri bilan birgalikda ularni uyga ayirboşlaşga kelişgan. Tezkor tadbirda erkak uy hujjatlarini olayotgan paytda qölga tuşgan.
Jinoyat işlari böyiça Guliston şahar sudida ötkazilgan sud majlisida erkak egizaklaridan taşqari yana tört nafar farzandi borligini, ayolning esa avvalgi turmuşidan ikki nafar farzandi borligini aytib, suddan yengillik söragan.
Sud majlisida erkak va ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. Ayolning qaramoğida voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olinib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 3 yil qamoq jazosi berilgan.
Erkakka esa 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.












