Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida “Yaşil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekiş mavsumini taşkil qiliş hamda çiqindilar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.
Bu yil bahorda “Yaşil makon” loyihasi doirasida 125 million tup köçat ekiş belgilangan.
Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligaça belgilanmagani, suğoriş va köçatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.
Masalan, boğ uçun Qoraqalpoğistonda 47 gektar, Namanganda 25 gektar va Qaşqadaryoda 26 gektar ajratilib, işlar boşlab yuborilgan. Lekin Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toşkent viloyatlari haligaça qaror qabul qilmagan.
Ayniqsa, Taxiatoş, Mirzaçöl, Zafarobod, Şarof Raşidov, Baxmal, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Yangiyöl tumanlari, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyöl şaharlari, Toşkent şahrining 12 ta tumanida köçat ekiş rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.













