Qayd etilişiça, holat Toşkent şahri Yakkasaroy tumani KHAY köçasi 2/1-uy manzilida joylaşgan, yertölaga ega sakkiz qavatli ofis va umumovqatlaniş binosi qurilişida sodir bölgan.
Hududiy inspeksiya tomonidan joyiga çiqib örganilganda, quriliş-montaj işlarining köp yillar davomida moliyaviy sabablarga köra töxtatib turilgani va hozirda obektda quriliş işlarini davom ettirişga tayyorgarlik köriş jarayonlari keçayotgani aniqlangan.
Yollanma işçilar tomonidan obekt devorlarini demontaj qiliş paytida ehtiyotsizlikka yöl qöyilişi oqibatida beton bölaklaridan biri quriliş maydonidan taşqariga tuşgan.
Mazkur holat yuzasidan quriliş-montaj işlarini loyiha va qurilişda texnika xavfsizligi talablari asosida olib borilişi böyiça mas’ul şaxslarga tegişli körsatma va tuşuntirişlar berib ötilgan.

















