Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 mart kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlar va kuç tuzilmalari rahbarlari iştirokida jamoat xavfsizligini ta’minlaş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi. 

Yiğilişda içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyatining savdo va xizmat körsatiş sohasi yirik obektlarida, şu jumladan savdo-köngiloçar majmualar, boğlar, bozorlar va boşqa fuqarolar gavjum böladigan joylarda jamoat tartibini saqlaş işlarining taşkil etilişi töğrisidagi hisobotlari tinglandi. 

Jamoat xavfsizligiga yangi tahdid va xatarlar tobora ortib borayotgan bugungi şaroitda jamoat tartibini saqlaş va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaşda huquqni muhofaza qiliş idoralari va tadbirkorlik sub’yektlari örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi. Şu bilan birga, jamoat xavfsizligini ta’minlaş bilan boğliq çora-tadbirlarni amalga oşiriş jarayonida tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sözsiz ta’minlaş muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbari huquqni muhofaza qiluvçi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik sub’yektlarining bu borada tölaqonli hamkorlik qilişini ta’minlaşga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqişga topşiriq berdi. 

Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyati oldiga jamoat tartibini saqlaş böyiça olib borilayotgan işlarni yanada kuçaytiriş, aholi gavjum böladigan joylarda sodir etilişi mumkin bölgan terrorçilik harakatlari va boşqa favqulodda vaziyatlarning oldini olişga qaratilgan ta’sirçan çoralarni köriş vazifasi qöyildi.