Hafta davomida oltin narxi bir troya unsiyasi uçun 2232 dollargaça qimmatlaşdi. Bu mutlaq tarixiy rekord körsatkiçdir. Qimmatbaho metall narxlarining keskin darajada oşişiga bir qança omillar ta’sir körsatgan bölişi mumkin.

Nega oltin narxi qimmatlaşmoqda?
Geopolitik vaziyat va iqtisodiy beqarorlik. Geopolitik vaziyatning yomonlaşişi yoki iqtisodiy beqarorlik, masalan, uruşlar, siyosiy yoki moliyaviy inqirozlar oltin narxini oşiradi. Oltin köpinça "xavfsizlik yostiqçasi” sifatida köriladi, şuning uçun beqaror davrlarda unga talab ortadi. Yaqin Şarqdagi qurolli mojaro va Rossiya-Ukraina uruşi böyiça muzokaralar jarayonining boşlanmaganligi va mojarolarning qaçon tugaşi böyiça aniq prognozlarning mavjud emasligi oltin narxining oşişiga ta’sir körsatmoqda. Sodda qilib aytganda, kelajak haqidagi prognozlar mavhumlaşsa, investorlar uçun oltin asosiy aktivga aylanadi va unga pul tikiş köpayadi.
Dollar kursi va FZTning foiz stavkasini pasaytiriş böyiça kutilmalar. Oltin narxi, asosan, AQŞ dollarida belgilanadi. Foiz stavkalari pasayganda, odatda, dollarning kursi ham pasayadi. Şuning uçun, agar dollar kursi pasaysa (boşqa valutalarga nisbatan zaiflaşsa), oltin narxi oşadi, çunki u boşqa valutalar bilan soliştirganda arzonroq böladi va şu sababli talab ortadi. Qöşma Ştatlarda inflatsiya bosimining yumşayotgani bozor iştirokçilari orasida foiz stavkalarining pasayişi mumkinligi haqidagi ijobiy kutilmalarni yuzaga keltirmoqda. Bunda investorlar kam daromad keltiradigan qimmatli qoğozlarni xarid qilişdan köra, xavfsiz va inflatsiya ta’siridan himoyalangan oltin xarid qilişga köproq urğu bera boşlaydi.
Markaziy banklar tomonidan olib boriladigan siyosat. Yirik Markaziy banklar tomonidan oltin zaxiralarini oşiriş yoki kamaytiriş böyiça qarorlar ham narxga ta’sir qiladi. Masalan, oxirgi vaqtlarda Xitoy Markaziy banki tomonidan katta miqdorda oltin xarid qilinayotganligi bozordagi talabni qöllab-quvvatlayapti.
Umuman olganda, oltin narxining kelgusida qanday bölişi jahondagi geosiyosiy vaziyat, dollar kursi, inflatsiya va FZT stavkalariga bevosita boğliq.
Oltin narxining qimmatlaşişi Özbekiston uçun qay darajada muhim?













