Moskvadagi teraktdan keyin, “Adolatli Rossiya – Haqiqat uçun” partiyasi raisi Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy qiliş kerakligini aytib çiqdi. Kun.uz suhbatlaşgan siyosiy tahlilçilar bu oğzaki ritorikadan boşqa narsa emasligi, Rossiya iqtisodiyotining migrantlarga boğliqligi uzoq istiqbolda ham faqat oşib borişini ta’kidladi.

— Rossiya içki siyosatidagi muammolarni migrantlar bilan boğlaş qançalik asosli?

Alouddin Komilov, Progressiv islohotlar mazkazi eksperti: — Rossiya içki siyosatiga nazar taşlaş kerak. Ukraina uruşi fonida Rossiyadagi millatçi, ultramillatçilarning ahamiyati, noroziligi ortib boryapti va oğir vaziyatlarni migrantlar bilan boğlaşga harakat qilyapti. Bu esa özining ta’sirini körsatyapti.

Muxtor Nazirov, siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori: — Rossiyadagi ijtimoiy, siyosiy jarayonlarga qarasak. Ötgan haftadagi teraktning yuzi migrantlar böldi, hamma joyda: OAVda, propaganda ma’lumotlarida migrantlar köp tilga olindi. Migrantlar masalasi qaror qabul qiluvçilar doirasida emas, köproq parlament muhokamalarida, jamoatçilikka ta’siri bor şaxslar tomonidan tilga olinyapti va migrantlarga nisbatan bosimlar ortib borayotganini ham köriş mumkin.

Bu jarayonlar taşqaridan qaraganda maqsadliga ham öxşaydi. Boşqa tomondan bu masala jamoatçilikni çalğitiş uçun ham bölişi mumkin. Viza bilan boğliq masalalar kötarilgani bilan amaliy holatga ötgani yöq bu, avvaldan bor bunday çaqiriqlar.

Kamoliddin Rabbimov, siyosiy tahlilçi: — Dunyo davlatlarining, Rossiyaning keyingi 15-20 yildagi tajribasiga qarasak, har safar kuçli ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy inqiroz bölganida taşqi tahdid xavfi omili bilan jamiyatni birlaştirişni kuzatiş mumkin. Misol uçun, 2017 yilda ham teraktlar bölgandi, 2000-yillardagi teraktlarda esa Kavkazdagi separatizm, musulmon xalqlarining özligiga qarşi turişimiz kerak, degan masala qöyilgandi jamiyat oldiga.

Rossiya özini imperiya sifatida biladi, yaqinda Medvedevning yoşlar bilan uçraşuvidagi fikrlarida ham buni kördik. Lekin Rossiyaning özida millatçilik, şovinizm kuçli. Teraktdan keyin Rossiyada yangi konsolidatsiya kuzatilyapti, asosiy tahdid sifatida etnik tojik bölgan şaxslarga sud bölmasidan oldin qiynoqlar qilinyapti va buni oçiqçasiga körsatyapti. Dunyo davlatlarida bunday bölmaydi, bölsa ham, yaşiriladi. Rossiya esa yaşirmayapti, tarqatyapti ham. Tabiiy ravişda jamiyatda ham migrantlarga nisbatan nafrat şakllanyapti.