Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir qança maslahatçilarini lavozimidan ozod etiş haqidagi farmonni imzoladi. Hujjatlar Ukraina prezidenti saytida e’lon qilingan.
Ular orasida davlat rahbarining eng yaqin safdoşlaridan biri Sergiy Şefir ham bor. U 2019 yildan buyon prezidentning birinçi yordamçisi lavozimida işlab kelayotgandi. Zelenskiy bilan birgalikda u QVZ jamoasida öynagan va «Kvartal 95» studiyasida işlagan. Sergiy Şefirni Ukraina prezidentining eng yaqin şeriklaridan biri deb ataşgan.
Zelenskiy, şuningdek, uçta mustaqil maslahatçisi - Mixaylo Radutskiy, Sergiy Trofimov va Oleg Ustenkoni işdan böşatdi.
Bundan taşqari, Ukraina prezidentining harbiylar huquqlarini ta’minlaş böyiça komissari Alyona Verbitskaya va köngillilar faoliyati böyiça komissari Nataliya Puşkaryova işdan böşatildi.
29 mart kuni Zelenskiy prezident devonxonasi rahbari örinbosarlari Andriy Smirnov va Oleksiy Dneprovni işdan böşatgan edi. Bundan biroz oldin Ukraina prezidenti Oleksiy Danilovni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi lavozimidan ozod qilgan edi.
Ukraina prezidentining matbuot kotibi Sergiy Nikiforov kadrlar özgarişi «optimallaştiriş» bilan boğliqligini aytdi.
«Bugungi kunda prezident maslahatçilari va yordamçilarining işdan böşatilişi prezident devoni xodimlarining optimallaştirilgani bilan boğliq. Volodimir Zelenskiy boşqa rasmiylardan ham şunday sa’y-harakatlarni kutmoqda», dedi Nikiforov.













