Rossiyaliklarning yarmiga yaqini «Krokus Siti Xoll»dagi terakt ortida Ukraina rahbariyati turganiga işonmoqda, deb yozadi The Financial Times OpenMinds taşkiloti onlayn sörovi ma’lumotlariga tayanib. Yana 27 foizi hujumni IŞID terrorçilari amalga oşirgan deb hisoblaydi. 6 foiz «kollektiv Ğarb»ni, ya’ni AQŞ, Britaniya va NATOni aybladi. 5 foizdan kamroği «Krokus»ga hujumni Ukrainadagi uruşning rossiyalik faxriylari yoki Rossiya rasmiylari uyuştirgan degan versiyaga amal qilyapti.
Şu bilan birga, respondentlarning 75 foizdan ortiği Vladimir Putinni «Krokus Siti Xoll»dagi terakt haqida işonçli ma’lumot manbayi deb atagan. «Agar taşviqot va rasmiylar Ukrainani ayblasa va buni asosiy versiyaga aylantirsa, odamlar bunga işonişadi, çunki axborot makoni deyarli mutlaq nazorat qilinyapti», dedi «Levada-Tsentr» direktori Denis Volkov FT uçun şarhida.
Yoşlar Ukrainaning teraktga aloqadorligi haqidagi versiyaga kamroq işondi
Sörov natijalariga köra, 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligi haqidagi versiyaga kamroq işonyapti. Uşbu yoş toifasidagi respondentlarning 30 foizdan biroz köproği bunga işonadi. Ularning 40 foizdan ortiği sodir bölgan voqealarda IŞIDni aybladi.
Jami, OpenMinds ma’lumotlariga köra, sörovda 652 kişi qatnaşgan. U onlayn tarzda ötkazildi.
Rossiya rasmiylari hujumda Ukrainani ayblamoqda
Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev va «FSB» rahbari Aleksandr Bortnikov «Krokus»dagi terakt uçun javobgarlikni Ukraina hukumatiga yukladi. Bundan taşqari, 29 mart kuni Rossiya Tergov qömitasi konsert maydoniga qilingan hujumdan söng, terrorçilar göyoki mukofot olişi kerak bölgan Kiyev tomon yöl olgani haqida rasmiy bayonot e’lon qildi.
Hujum uçun javobgarlikni IŞID terror taşkiloti öz zimmasiga oldi. Ğarb davlatlari ham Moskva viloyatidagi konsert zaliga uyuştirilgan hujumga IŞID guruhining aloqasi bor degan fikrga moyil.














