AQŞ yadroviy suvosti kemasiga innovatsion magnit gidrodinamik uzatmani (MGU) örnatdi, bu unga «butunlay şovqinsiz» harakat qiliş imkoniyatini beradi.
Naval News naşrining xabar berişiça, AQŞ harbiy-dengiz kuçlari Virginia toifasidagi USS Montana suvosti kemasini modernizatsiya qilib, an’anaviy eşkak vintni iş paytida heç qanday tovuş çiqarmaydigan magnit gidrodinamik uzatmaga almaştirgan.
USS Montana Men ştatidagi Penobskot daryosida sinovdan ötkaziladi. Bu tasodifan emas: yopiq suv havzasi boşqa mamlakatlarga sinov jarayonini kuzatiş imkoniyatini bermaydi.
Mudofaa böyiça ilğor tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA) tomonidan suvosti kemalari uçun ovozsiz dvigatel yaratilişi ötgan yili ma’lum bölgan edi.
MGU işlaş prinsipi superötkazuvçi magnitlardan foydalanişga asoslangan bölib, ular suvni bir yönalişda harakatga keltiradigan magnit maydon hosil qiladi va şu bilan tortiş kuçini yaratadi. MGU harakatlanuvçi qismlarga ega emas, şuning uçun suv muhitida kavitatsiya effekti yöq.
Amalda, bu şuni anglatadiki, bunday suvosti kemasini payqaş juda qiyin va ba’zi hollarda deyarli imkonsiz böladi. Texnologiyaning kamçiliklari orasida boşqa an’anaviy kemalarga nisbatan tortiş kuçining past ekanini sanaş mumkin.
Virginia — AQŞ uçun törtinçi (bugungi kun uçun oxirgi) avlodning sönggi köp maqsadli yadro suvosti kemasi turi hisoblanadi. Uşbu kemalar duşman suvosti kemalariga qarşi kuraşiş, yerdagi nişonlarga raketa hujumlari va sabotaj operatsiyalarini amalga oşiriş uçun möljallangan.
Suvosti kemasiga 12 ta vertikal uçirgiçdan uçiriladigan Tomagavk raketalari örnatilgan. Unda torpedo va mina qurollari ham bor. Bugungi kunga qadar Virginia toifasidagi 24 ta suvosti kemasi qurilgan.













