Tatariston rahbarining matbuot xizmati hujum oqibatida «jiddiy vayrongarçiliklar yöqligi, korxonaning texnologik jarayoni buzilmagani»ni ma’lum qilgan.

Reuters ma’lumotiga köra, Tataristonning Nijnekamsk şahrida «Tatneft» kompaniyasining «Taneko» neftni qayta işlaş zavodidagi AVT-7 neftni birlamçi qayta işlaş qurilmasiga dron hujum qilgan.

Agentlikning aniqlik kiritişiça,  zavodning jami yillik işlab çiqariş quvvatining (17 million tonnadan ortiq - kuniga 340 ming barrel) yarmi uşbu qurilma hissasiga töğri kelardi.

Avvalroq Nijnekamsk şahri mer Ramil Mullin pilotsiz uçiş apparati neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilişga uringani, ammo radioelektron kuraş vositasi tomonidan zararsizlantirilgani, hududda jarohatlanganlar va vayrongarçiliklar yöqligini aytgandi.

«Kommersant-Kazan» naşri manbasi esa pilotsiz apparat «Taneko» hududidagi tösiqqa urilib, «parçalarga bölingani» va yonib ketganini xabar qilgan. Manbaga köra, yana bir dron «qayergadir qulab tuşgan».

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda zarba oqibatlari aks etgan kadrlar tarqalgan.

Joriy yil boşidan buyon ukrain dronlari köp marta Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga hujum qildi, OAV ma’lumotiga köra, bu yonilği işlab çiqariş qisqarişiga olib kelgan.

Yelabugada dronlar «Alabuga» erkin iqtisodiy zona hududiga hujum qilgan. Hudud telegram-kanali ma’lumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 5:45 da ikkita dron göyoki yotoqxona hududiga zarba bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga köra, samolyot tipidagi dron sanoat binosiga şönğigan, şundan keyin kuçli portlaş röy bergan.

Tatariston rahbarining matbuot xizmati respublika soğliqni saqlaş vazirligiga asoslanib xabar qilişiça, Yelabugadagi obektlarga dronlar hujumi oqibatida olti kişi jarohatlangan.

Xabar qilinişiça, jabrlanganlardan uç nafari şifokor körigidan keyin uyiga qöyib yuborilgan, yana uç nafari şifoxonaga yotqizilgan.

Yagona navbatçi dispetçerlik xizmati esa RBK naşriga jarohatlanganlar soni 12 nafarga yetganini ma’lum qilgan, ularning barçasi «Alabuga Politex» kolleji talabalaridir.