Rossiya va Ukraina örtasidagi keng kölamli uruş boşlanganidan buyon pilotsiz apparatlar ilk bor Tataristondagi korxonalarga hujum uyuştirdi. 2 aprel tongida «Alabuga» erkin iqtisodiy zonasi matbuot xizmati «NATO uskunlari» bilan jihozlangan ikkita dron erkin iqtisodiy zona yotoqxonasi böylab zara berganini ma’lum qildi. Köp ötmay Tatariston rahbari Rustam Minnixanov aniqlik kiritib, dronlar Yelabuga va Nijnekamskdagi korxonalarga hujum qilganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, hujum oqibatida jiddiy vayrongarçiliklar yöq, korxonalarning texnologik jarayoni buzilmagan. Nijnekamsk şahri meri Ramil Mullin esa şaharda dron mahalliy neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilgani, ammo radioelektron kuraş vositalari tomonidan töxtatib qolingani haqida xabar qildi.

Baza telegram-kanali ma’lumotiga köra, Nijnekamskda dron «Tatneft» kompaniyasiga tegişli bölgan «Taneko» zavodi qurilmalaridan biriga kelib urilgan. Hujum oqibatlari aks etgan tasvirni örgangan Reuters agentligi yozişiça, dron neftni birlamçi qayta işlaş qurilmasiga kelib urilgan. 
Agentlikning aniqlik kiritişiça, zavodning 17 million tonnadan ortiq yillik işlab çiqariş quvvatining (kuniga 340 ming barrel) yarmi uşbu qurilma hissasiga töğri kelardi.

«Kommersant» manbasi zavod tomon uçgan ikki dronni körganini aytadi: biri neftni qayta işlaş zavodi hududidagi tösiqqa urilgan, «parçalangan» va yonib ketgan, ikkinçisi esa «qayergadir qulab tuşgan». «Taneko»dagilar hujum yuzasidan xabar bermagan.

Tataristondagi korxonalarga hujum — Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi (GUR) amaliyotidir, deya xabar bergan «RBK-Ukraina» maxsus xizmatlardagi manbasiga tayanib. «Ukrainskaya pravda»ning Ukraina kuçişlatar tuzilmalardagi manbasi Yelabugadagi hujum ortida ukrain harbiy razvedkasi turgani, Nijnekamskdagi neftni qayta işlaş zavodiga hujumni esa razvedka boşqarmasi Ukraina xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda uyuştirganini xabar qilgan. Ukraina hukumati RF hududidagi obektlarga qilingan oldingi hujumlarda bölganidek Tataristonga dronlar hujumini ham rasman izohlamagan.

Kreml rossiyalik harbiylar RF hududlaridagi obektlarga zarbalar xavfini minimallaştiriş ustida iş olib borayotganini ma’lum qilgan. «Kiyev rejimi öz terrorçilik faoliyatini davom ettirmoqda. Biz va harbiylarimiz birinçi navbatda uşbu tahdidni minimallaştiriş hamda keyinçalik uni butunlay yöq qiliş ustida işlayapmiz», — degan RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.