Murmansk şahri va Murmansk oblasti, jumladan Severomorsk şahri «Rosseti» liniyalaridagi avariya tufayli 23 yanvardan buyon qisman elektr ta’minotidan uzilgan. Muzlaş, qor böroni va kuçli şamol tufayli elektr uzatiş liniyalarining beşta tayançi qulab tuşgan. Elektr ta’minotidagi uziliş qozonxonalar faoliyatini töxtatib qöygan – Murmansk oblasti aholisi issiqliksiz va issiq suvsiz qolgan. Oblast rahbariyatining sönggi baholariga köra, region böyiça 73 mingga yaqin kişi elektr ta’minotidan uzilgan. Rasmiylar vaqtinça tayançlar örnatiş orqali elektr ta’minotini tiklaşga urinmoqda. Regionda favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Gubernator Andrey Çibis avariyadan keyin elektr ta’minotini töliq tiklaş uçun kamida bir hafta ketişi mumkinligini aytgan. Uning sözlariga köra, blekautning uçinçi kunida Murmansk va Severomorskdagi uylarning «80 foiz qismida elektr ta’minoti tiklangan». Mahalliy aholi vakillari esa ijtimoiy tarmoqlarda uning bu ma’lumoti haqiqatga töğri kelmasligini aytişmoqda. «Meduza» uşbu hududda nimalar bölayotganini hikoya qildi.

Şimoliy qutb doirasidan taşqarida joylaşgan Murmansk va Severomorsk şaharlari aholisi uçinçi kundirki elektr va issiqlik ta’minotida yirik uzilişlar haqida xabar bermoqda. Bu vaqt davomida Murmanskda havo harorati kunduzi –10, keçasi –17 darajagaça pasaygan.

Uzilişlar 23 yanvar kuni boşlangan, «Rosseti» («Rossiyskiye seti») izohiga köra, bu region hududida elektr uzatiş liniyalarining biratöla beşta tayançi qulab tuşgani ortidan sodir bölgan. Kompaniya buning sababini ob-havo bilan izohladi: suvli qor, kuçli şamol va elektr uzatiş liniyalari tayançlari muzlaşi.

Tergov qömitasi ma’lum qilişiça, qulagan tayançlar 1960-1980 yillardan beri foydalanişda bölgan. Şu bilan birga, bunday konstruksiyalardan foydalaniş muddati 40 yilni taşkil etadi. Şundan söng ular har beş yilda bir marta tekşiruvdan ötkazilişi kerak. Tergovçilar bu tekşiruvlar aynan qanday ötkazilganini aniqlamoqda. Holat yuzasidan loqaydlik (RF JK 293-moddasi 1-qismi) moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov versiyasiga köra, «Rosseti»ning mas’ul xodimlari elektr uzatiş liniyalarini tegişli holatda saqlaş çoralarini körmagan, şuningdek, favqulodda uzilişlarga zudlik bilan reaksiya körsatmagan.

Lev Fedoseyev / TASS / ZUMA Press / Scanpix / LETA