Murmanskdagi töqqiz qavatli uyning tomidan noma’lum şaxs öt oçdi. Bu haqda 30 mart, yakşanba kuni keçqurun mahalliy OAV, Telegram kanallari va huquq-tartibot idoralari xabar berdi. «Interfaks» agentligining tergovga tayanib yozişiça, otişma sodir etgan şaxs 1981 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro bölib çiqqan. 

Murmansk viloyati Tergov qömitasi özining Telegram-kanalida erkak patrul va qöriqlaş xizmati ekipajiga qarata öt oçgani va hujum çoğida «zararsizlantirilgan»ini ma’lum qildi. Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, otişma natijasida heç kim jabrlanmagan.

TASS axborot agentligining favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berişiça, otişmaçi oğir yaralangan, biroq tirik qolgan. SHOT Telegram kanalining aniqlik kiritişiça, otişmani boşlagan şaxs muzokaralarga kirişmagan va uyning tomini yoqib yuboriş niyatida bölgan, buning uçun unga benzin sepgan.

Mazkur şaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 317-moddasi - huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimining hayotiga suiqasd qiliş böyiça jinoiy iş qözğatilgan. U ön ikki yildan bir umrgaça bölgan muddatga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.