Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi. Unga köra, 1 aprel holatiga, Özbekistonning rasmiy zaxiralari 34,2 mlrd dollarni taşkil qildi.

Zaxiralar mart oyiga nisbatan deyarli 2 mlrd dollarga köpaygan bölsa-da, yil boşidan beri 374 mln dollarga kamaygan.

Mart oyi davomida oltin zaxiralarining qiymati 24,09 mlrd dollardan 25,37 mlrd dollargaça oşgan. Öz navbatida oltinning fizik hajmi 11,9 mln troya unsiyadan 11,5 mln troya unsiyagaça qisqargan.

Şuningdek, xorijiy valuta zaxiralari qiymati 7,55 mlrd dollardan 8,26 mlrd dollargaça köpaygan.

Ma’lumot uçun, oxirgi haftalarda oltinning narxi muttasil ravişda oşib, yangi rekordlarni örnatmoqda. Ayni paytda 1 unsiya oltin narxi 2329 dollarni taşkil etadi.

Oltin-valuta zaxiralari nima uçun kerak?

Har bir mamlakatning oltin-valuta zaxiralari öziga xos suğurtadir. U davlatning milliy iqtisodiyotini ehtimoliy makroiqtisodiy xatarlardan himoya qiladi. Şu bois oltin-valuta zaxiralari qator talablarga javob berişi lozim. Masalan, undan har qanday sohada foydalaniş imkoniyati bölişi kerak. Oltin-valuta zaxiralari oson joylaştirilişi va oson olinişi darkor.

Mamlakatlarning oltin-valuta zaxiralaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilişi mumkin:

  • tölov va savdo balansidagi defitsitni bartaraf etiş uçun;
  • inflatsiyani uşlab turiş, milliy valutani moliya bozorida qöllab-quvvatlaşga valuta sotib oliş uçun;
  • davlatning taşqi qarzlarini tölaş uçun;
  • davlatlar örtasidagi hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun.

Oltin-valuta zaxiralari asosan qimmatbaho metallardan (quyma oltin, platina, palladiy, kumuş), davlatlararo miqyosda zaxira valutasi sifatida tan olingan xorijiy pul vositalaridan (AQŞ dollari, yevro, şveysar franki, yapon iyenasi, funt-sterling) va Xalqaro valuta jamğarmasi çiqaradigan naqdsiz pul birliklaridan taşkil topadi.

Davlatning oltin-valuta zaxiralari miqdori uning iqtisodiyoti va moliyaviy tizimi holatidan darak beradi, davlatlararo majburiyatlar böyiça tölovlarning öz vaqtida amalga oşirilişini kafolatlaydi. Xalqaro taşkilotlar tavsiyalariga köra, rivojlanayotgan davlatlar uçun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplaşi kerak.