Özbekistonda Telegram monetizatsiyasi yölga qöyilişining qonuniyligi örganilmoqda, bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori birinçi örinbosari Vyaçeslav Pak ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, agar qonun buzilişi holati kuzatilsa, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar beriladi. Bunda qandaydir provayder yoki kimdir ularga bu borada yordam bersa, qonun böyiça javobgarlikka tortiladi.
Şuningdek, Pak Özbekistonda Telegram ofisining oçilişi regulyatorga iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va qonun buziliş holatlarida jazolaş imkonini berişini ta’kidladi.
«Telegram Özbekiston qonunçiligiga, jumladan, qonunlarimiz va çeklovlarimizga rioya qilişi, soliq tölaşi va mamlakatda serverlarga ega bölişi kerak. Bu fuqarolarimizni himoya qiladi va Özbekiston iqtisodiyoti uçun işlaydi», dedi u.
Avvalroq Telegram kanal egalari uçun monetizatsiyani işga tuşirgan edi. Unga köra, mingdan ortiq obunaçiga ega ommaviy kanal egasi öz kanalida namoyiş etilgan reklamadan tuşgan daromadning 50 foizini olişi mumkin. Tölov faqat raqamli kriptovaluta TON bilan amalga oşiriladi.
Monetizatsiya dasturi Rossiya, Ukraina, Falastin, Germaniya va Isroildan boşqa davlatlarda işlaydi.












