Rossiya Tergov qömitasi Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan terakt yuzasidan mas’uliyatsizlik moddasi böyiça jinoiy iş qözğatdi, deb xabar beradi TASS 7 aprel, yakşanba kuni huquq-tartibot idoralaridagi ismi oşkor etilmagan suhbatdoşiga tayanib. 

Işga ikki kişi jalb qilingan: yonğin xavfsizligi uçun mas’ul şaxs va konsert zalining öt öçiriş bölimi boşliği. Ikkalasi ham yaşaş joyini tark etmaslik töğrisida majburiyat xati yozib bergan. Ularning ismi tilga olinmagan. Ular aynan nimada ayblanayotgani ham xabar qilinmagan.

Agentlik suhbatdoşining aniqlik kiritişiça, iş «Krokus Siti Xoll»da yonğin xavfsizligi talablari buzilişi ehtimoli bilan boğliq bölib, bu terrorçilar konsert zaliga öt qöyganidan keyin vaziyatni yanada oğirlaştirgan bölişi mumkin.

«Krokus Siti Xoll»ga hujum

Moskva yaqinidagi Krasnogorskda «Krokus Siti Xoll» binosiga hujum 22 mart kuni keçqurun sodir böldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, avtomatlardan öt oçgan, bir neça portlaşlar eşitilgan va yonğin boşlangan. Sönggi ma’lumotlarga köra, terakt oqibatida 145 kişi halok bölgan, yana 551 kişi jarohatlangan.

Aprel oyi boşida teraktda jabrlangan 11 kişi Tergov qömitasiga qöşma ariza berib, konsert zali egalariga xavfsiz bölmagan xizmatlar körsatgani uçun jinoiy iş qözğatişni talab qilgani ma’lum böldi.

Jabrlanuvçilar xavfsizlik standartlariga rioya etilmaganini bildirmoqda

Da’vogarlarning ta’kidlaşiça, «Krokus»da yonğin boşlanganidan keyin bir neça soniya içida sahna pardasi olov bilan qoplangan, bu, himoya tomoni fikriga köra, yonğin xavfsizligi standartlari buzilganini körsatişi mumkin, çunki parda yonğinga çidamli maxsus mato bilan qoplangan bölişi kerak.

Bundan taşqari, hujjatda aytilişiça, «Krokus»ning «yonğinga qarşi suv tizimi» va tutunni olib taşlaş tizimi «nosoz bölgan», aksariyat evakuatsiya eşiklari terakt va evakuatsiya vaqtida yopiq turgan.