Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi çegarasidagi Gisenya şahridagi qoçqinlar lageri. 1996 yil 16 noyabr
Abdelhak Senna / AFP / Scanpix / LETA

1962 yilda Ruanda mustaqillikka erişgaç, mamlakatda hokimiyat tutsi qabilasi qirollik sulolasidan xutular hukumatiga ötadi. Tutsilarning bir qismi mamlakatdan qoçib ketadi va 1980-yillar oxirida qöşni Uganda hududida Ruanda vatanparvarlik frontini tuzadi.

Ruandadan kelgan qoçqinlar qöşni Tanzaniyada. 1994 yil 30 aprel
Scott Peterson / Liaison / Getty Images

1994 yil 6 aprelda Ruanda prezidenti Jyuvenal Xabiarimananing samolyoti poytaxt Kigalidagi aeroportga qöniş arafasida yerdan uçirilgan raketa bilan urib tuşiriladi. Ruanda vatanparvarlik fronti vakillari bölgan tutsilar ham, tinçlik jarayoniga qarşi bölgan radikal xutular ham uşbu hujumga aloqadorlikda gumonlanadi.

Prezident Xabiarimananing ölimidan bir neça soat ötgaç butun mamlakat böylab tutsilarga hamda mö’tadil xutularga hujumlar boşlanadi. Qotilliklar va zörlaşlarda nafaqat harbiy xizmatçilar va politsiyaçilar, balki köngilli guruhlar ham iştirok etadi.

Ruanda vatanparvarlik fronti sulhga amal qilişni töxtatadi va BMTning yangi muzokaralar ötkazişga urinişlariga qaramay, mamlakat içkarisiga yuriş boşlaydi. 4 iyul kuni RPF kuçlari poytaxt Kigalini egallaydi. Ikki million atrofidagi xutular qöşni mamlakatlarga, birinçi navbatda Zairga (hozirgi nomi — Kongo Demokratik Respublikasi) qoçadi.

Ruandaning yangi hukumati ommaviy qotilliklarda gumonlab 100 mingdan ortiq kişini hibsga oladi. Işlarni körib çiqiş jarayonini tezlaştiriş uçun 2001 yilda gakaka sudlari taşkil etiladi, ular uçun sudyalar oddiy fuqarolardan tanlanadi. Gakaka sudlarida millionga yaqin iş körilgan. BMT Ruanda böyiça Xalqaro tribunal ta’sis etgan, unda genotsidga aloqador bölgan 96 nafar yuqori martabali şaxslarga ayblov qöyilgan.

Qoçqin xutular Burundida Tanzaniya tomon ketmoqda
Malcolm Linton / Liaison / Getty Images