APK-Inform rasmiy statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berişiça, 2023-24 yil sentabr-fevral oylarida Qozoğiston Özbekistonga 1,6 million tonna buğdoy eksport qildi (ötgan mavsumning 6 oyida bu körsatkiç 1,529 million tonnaga teng edi).
Xususan, fevral oyidagi eksport körsatkiçi oxirgi 4 oy içida eng yuqorisi bölib, qariyb 296 ming tonnani taşkil etdi. Şu bilan birga, 2023 yilning fevral oyida bu körsatkiç 313,5 ming tonnaga teng bölgan.
Ötgan yil yoğingarçilik kam bölsa-da, 17 million tonna don (2022 yilda 22 million tonna), şu jumladan, 12,1 million tonna buğdoy yiğib olingan. Bu omillar joriy yilning eksport salohiyatiga ta’sir qilmaydi.












