Forumda Özbekiston oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov va Tojikiston ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda iştirok etdi. Bundan taşqari qöşni respublikadan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya ham kelgan. Bu haqda OTFIV ma’lumot berdi.

Xalqaro anjuman oldidan Özbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov Tojikiston ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan uçraşgan.

“Anjumandan közlangan asosiy maqsad inson kapitalini, yuqori intellektual salohiyatni rivojlantiriş, nazariy-amaliy şakllantiriş, kasbiy mahoratini oşiriş va ikki davlat hududidagi ulkan tabiiy resurslarni ilmiy-institutsional boşqarişga qodir kadrlarni tayyorlaşdan iborat”, – degan Şaripov.

Tadbirda Rahim Saidzoda 2 davlat ta’limi böyiça hamkorlik köpayayotgani, hozirgaça Özbekistonning 30 ta oliy ta’lim muassasasi Tojikistonning 15 dan ortiq ilmiy va ta’lim taşkilotlari bilan qator yönalişlar böyiça aloqalarni yölga qöyganini aytgan.

Forum yakunida oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlaş, özaro tajriba almaşinuvni kengaytiriş va manfaatli aloqalarning boşqa dolzarb yönalişlari böyiça 50 dan oşiq anglaşuv memorandumi, bitim va «Yöl xarita»lari imzolanişi kutilyapti.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda 5 ta oliy ta’lim muassasasida ta’lim tojik tilida yuritilayotgan maktablar uçun kadrlar tayyorlanadi. 2020/2021 öquv yilida tojik tilidagi ta’lim yönalişlari böyiça qabul parametrlari ikki baravar oşirilgan.