Muhokamalar portaliga maktabgaça va maktab ta’limi vazirining «Öquvçilarni sinfdan sinfga va bir umumiy örta ta’lim muassasasidan boşqasiga ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi buyruqqa özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida»gi buyruği loyihasi joylaştirildi.

Unga köra, ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketiş sabablarini va xorijda qoliş muddatini körsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (öquv yili davomida) murojaat etadi.

Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bölmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtinça bajaruvçi) bir iş kuni içida körib çiqilib, öquvçi vaqtinça xorijiy davlatga ketayotganligi haqida hamda sinf rahbari va fan öqituvçilarini xabardor qiliş töğrisida buyruq qabul qilinadi.

Maktab direktori quyidagi holatlarda öquvçining ota-onalarini, yaşaş joyidagi mahalla fuqarolar yiğini raisini, tegişli tuman (şahar) maktabgaça va maktab ta’limi bölimini va bolalar masalalari böyiça tuman (şahar) komissiyasini yozma ravişda ogohlantiradi va uni dars maşğulotlariga jalb etiş çoralarini köradi:

xorijiy davlatga vaqtinça çiqib ketgan öquvçilar xorijda böliş muddati uzaytirilganligi töğrisida bir hafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars maşğulotlariga qatnaşmagan öquvçilar;
ota-onalar farzandi bilan xorijiy davlatga ketiş sabablarini va xorijda qoliş muddatini körsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.

Maktab direktori har yili 25 mayga qadar öquv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga çiqib ketib kamida uç oydan ortiq muddatda uzluksiz dars maşğulotlariga qatnaşmagan (öquv yili yakunlanişidan oldin darsga qatnaşgan öquvçilar bundan mustasno) öquvçilar töğrisidagi ma’lumotlarni bolalar masalalari böyiça tuman (şahar) komissiyasiga kiritadi.

Mazkur öquvçilar bolalar masalalari böyiça tuman (şahar) komissiyasi roziligi bilan öquvçilar safidan çiqariladi.