«VKontakte» ijtimoiy tarmoği va Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov amerikalik jurnalist, Fox News telekanali sobiq boşlovçisi Taker Karlsonga intervyu berdi. Intervyu Durov uçun xos bölmagan videoformatda e’lon qilingan.

Tadbirkorning özi avvalroq Karlson bilan suhbati fevral oyida bölib ötganini aytgandi. Öşa vaqtda amerikalik konservator jurnalistning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyusi ham çiqqandi.

Durovning xabar qilişiça, Karlson bilan muloqot qilgan kunida u «liberal qaraşlarga ega jurnalist»ga ham uç soatlik intervyu bergan. U jurnalistning nomini keltirmagan. Mart oyida Durovning Britaniyadagi Financial Times gazetasiga bergan intervyusi e’lon qilingandi.

Durov nimalar degani haqida qisqaça

  • 2013 yilda Yevromaydon voqealari vaqtida Rossiya hukumati «VKontakte»dan namoyişlar iştirokçilarining şaxsiy ma’lumotlarini söragan. Rad javobi berganidan keyin Durov kompaniyani tark etişiga va mamlakatdan ketişiga töğri kelgan. 
  • Telegram’ni yaratiş ğoyasi Durovda hali Rossiyada ekanida, davlatning bosimi va tintuvlar fonida paydo bölgan. 
  • Telegram Rossiya hukumati ta’siri ostida ekani haqidagi miş-mişlar haqiqatga töğri kelmaydi, bunday gaplar messenjerning auditoriyasi ösib borayotganiga toqat qila olmayotgan raqobatçilar tomonidan tarqatiladi. 
  • Telegram jamoasi Berlin, London yoki Singapurga köçib ötiş haqida öylagan, ammo hamma joyda byurokratik tösiqlarga uçragan.
  • Biznesni AQŞda yuritiş rejasidan esa Amerika maxsus xizmatlarining sinçkovlik bilan kuzatişi tufayli voz keçişga töğri kelgan. 
  • Turli mamlakatlardagi maxsus xizmatlarning e’tiboridan kelib çiqib, Durov özi foydalanadigan barça qurilmalar xavfsizlik nuqtayi nazaridan obrösizlangan deb hisoblaydi.
  • Telegram’ga eng köp bosim hukumatlar tomonidan emas, balki Apple va Google korporatsiyalari tomonidan körsatiladi.
  • Telegram auditoriyasi soni 900 millionga yetgan.
  • Durov Twitter Ilon Mask tomonidan sotib olinganini olqişlagan, uning fikriça, şundan keyin ijtimoiy tarmoq «yanada söz erkinligi tarafdoriga aylanmoqda» va innovatsiyalar joriy etişga harakat qilmoqda. Bu esa butun ijtimoiy tarmoqlar sanoatiga yaxşi ta’sir körsatmoqda.

Batafsil