2023 yil noyabri oxirida Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi 99-maktab hududida 8-sinf öquvçisi oçiq elektr simiga tegib ketib, tok urişi oqibatida vafot etgan edi.
Öşanda poytaxt maktab ta’limi boşqarmasi bolani elektr toki urganini rad etib, u öyin maydonçasidan çiqib ketayotganda huşini yöqotgani, keyinroq kasalxonada vafot etganini bildirgan.
Keyinçalik sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasi öquvçining ölimiga elektr toki urişi sabab bölganini körsatdi.
16 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi sudyasi Bahodir Qayumov raisligida bu jinoyat işi körib çiqildi. Sud majlisida jabrlanuvçilar ayblanuvçilarga qonun doirasida jazo tayinlaşini söradi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş odam ölimiga sabab bölişi) bilan ayblanayotgan 99-maktabning sobiq direktori va örinbosari sözida suddan yengillik berişni sörab, işidan puşaymonligini bildirdi.
Sud hukmiga köra, sobiq direktorning xöjalik işlari böyiça örinbosari Q.R. JKning 207-moddasi 3 qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 2 yil rahbarlik lavozimida işlamaslik va 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. U jazo muddatini manzil koloniyada ötaşi belgilandi.
Maktabning sobiq direktori R.M. ham yuqoridagi modda bilan aybli deb topilib, unga 2 yil rahbarlik lavozimida işlaşi taqiqlandi, 4 yilga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
















