Ukrainadagi uruş yoki Isroilning Yaqin Şarqda HAMAS taşkilotiga qarşi operatsiyasi kabi geosiyosiy mojarolar jahon iqtisodiyoti uçun katta xavf tuğdiradi. Xususan, ular savdo, global ta’minot zanjiri va tovar narxlariga salbiy ta’sir körsatadi. Bu haqda G7 davlatlarining 17 aprel, çorşanba kuni keçqurun Vaşingtonda bölib ötgan «Katta yettilik»ka a’zo mamlakatlar moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlarining uçraşuvidan söng e’lon qilingan qöşma bayonotida aytiladi.
Rossiyaning muzlatilgan aktivlari haqida
Uçraşuv iştirokçilari Moskvani Ukrainadagi uruşni tugatişga çaqirdi, u jahon iqtisodiyoti uçun beqarorlikning muhim omili hisoblanadi. Şu bilan birga, Rossiyaning ğarbda muzlatib qöyilgan aktivlari bloklanganligi va ulardan Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun foydalanişning qonuniy imkoniyatlarini tekşirişda davom etişi ta’kidlangan.
«Biz Rossiya Ukrainaga yetkazgan zarari uçun tovon tölaşiga erişiş uçun qat’iy ekanimizni tasdiqlaymiz. Yurisdiksiyamizdagi Rossiya suveren aktivlari hozirça tegişli huquqiy tizimlarimizga muvofiq harakatsiz bölib qoladi», — deya G7 bayonotidan iqtibos keltirgan Reuters.
Avvalroq, 17 aprel kuni AQŞ moliya vaziri örinbosari Uolli Adeyyemo taxminan 300 milliard dollarga baholangan, muzlatilgan Rossiya aktivlari masalasi böyiça G7 muhokamalari hali ham «davom etayotganini» tasdiqladi.
Aprel oyi örtalarida Halle-Vittenbergdagi Martin Lyuter universitetining xalqaro iqtisodiy huquq professori Kristian Titjye DW naşriga bergan intervyusida Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilişda Yevropa Ittifoqining çeklangan pozitsiyasini töğri deb bilişini ta’kidladi. Ekspert fikriça, bu çeklov «qonun ustuvorligi tamoyillarining namoyonidir». «Biz muhokama qilayotgan mavzu nuqtayi nazaridan moliya bozorlari barqarorligi qonun ustuvorligiga boğliq va şuning uçun kimningdir mulkini olişga osonlik bilan qaror qilmaslik kerak, hatto gap tajovuzkorga tegişli davlat mulki haqida ketayotgan bölsa ham», dedi u.
G7 Yaqin Şarqdagi vaziyat haqida
Isroilning HAMASga qarşi uruşi böyiça, G7 vakillari Ğazo sektori tinç aholisiga gumanitar yordam yetkazib berişni kengaytiriş tarafdori ekani ta’kidlandi. Yaqin Şarqda zudlik bilan va uzoq muddatli sulhga erişiş, şuningdek, garovga olinganlarni ozod qiliş uçun sa’y-harakatlarni davom ettiriş zarur, deya ma’lumot berdi G7.













