Özbekiston prezidentining farmoyişi bilan Sirojiddin Eşmatov Qaşqadaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Sirojiddin Eşmatov 1971 yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. U 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini, 1999 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
Sirojiddin Eşmatov muqaddam Qaşqadaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, Surxondaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliği, soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimlarida işlagan, 2023 yil avgustidan buyon Samarqand viloyati soliq boşqarmasi lavozimida işlab kelayotgandi.
U endi Qaşqadaryo viloyatida 2023 yil avgustidan buyon işlab kelgan Şuhratali Imomov örnini egalladi.
Uning örniga Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Elyor Tolliyev 1983 yil Samarqand viloyatida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. U 2004 yilda Samarqand qişloq xöjaligi institutini, 2020 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
Elyor Tolliyev mazkur tayinlovga qadar Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan.












