Rinotin kids siropini sotib olganlardan biri uni işlab çiqaruvçiga qaytarib beriş imkoniyati bor yoki yöqligi böyiça tahririyatga murojaat qildi. Kun.uz holat böyiça ma’lumot oliş uçun Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi matbuot xizmati bilan boğlandi.

Qömitaning ma’lum qilişiça, holat yuzasidan qonun doirasida örganiş işlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlaniş holatlari kelib çiqişining oldini oliş profilaktikasi maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilingan.

Cynergy Pharmco mas’uliyati çeklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barça savdo tarmoqlari va dorixonalardagi Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan Rinotin kids sirop mahsulotlarini qaytarib oliş topşiriği berilib, ijrosi nazorat ostiga olingan, deb qöşimça qilgan Sanepidqömita.

Şuningdek, mas’ullar Rinotin kids mahsulotlarni sotib olgan fuqarolar Cynergy Pharmco mas’uliyati çeklangan jamiyatining mas’ul xodimi bilan +998-88-101-44-15, +998-55-520-07-37 telefon raqamlari orqali boğlanib, uni qaytarib berişlari va tölangan pullarini qaytarib olişlari mumkinligini ma’lum qildi.

“Mas’ul xodimlar tomonidan fuqarolar uylariga borgan holda ham xizmat körsatiladi”, – deyiladi qömita xabarida.

Eslatib ötamiz, ijtimoiy tarmoqlarda “Rinotin kids” biologik faol qöşimçasi bilan boğliq xabarlardan keyin mahsulotga berilgan ruxsatnoma bekor qilingan edi.