Ijtimoiy tarmoqlarda mijozni kamsitib, uning soçini kalga olib taşlagan sartaroş videosi tarqaldi. Uning uşbu harakati tarmoq kuzatuvçilarining keskin e’tiroziga sabab böldi. Holat Toşkent viloyati Toşkent tumani (Keles şaharçasi)da bölgani aytilmoqda.
Sartaroş mijozni soç va soqolini kalta qilişni birdaniga aytmaganlikda ayblagan.
“Hammamiz odammiz, men senga tuşuntirdim: soqolimni töğirla deding, töğirladimmi? Kokilimni kesing deding, kesdimmi? Soçimni siyraklating deyapsan, siyraklatyapman. Hammasini bittada aytib qöymaysanmi? Men pastdan çimayman, tepadan tuşib kelaman”, degan sartaroş. Mijoz yigit bunga javoban uzr söragan.
Sartaroş mijozning qayerda işlaşini ham söragan. Yigit bu sörovga javoban bobosining qölida işlaşini aytgan. Şundan söng sartaroş uning soçini kalga olib taşlagan. Mijoz esa uning bu harakatidan norozi bölgan.
“Nima qilasan? Nima böladi endi? Kimni çaqirasan, buvingni çaqirasanmi? Mana, videoga olyapti, hamma narsam bor, kimga aytasan? “Uçastkavoy”ga aytasanmi? Sudga aytasanmi? “Melisa” keladimi oldimga? Tuşuntiryapmanmi senga? Yana nima qilib beray, ukam? Adaşsang ayb menda emas-ku. Nega sen adaşasan-u, men javob berişim kerak? Şuni töğri tuşuntirsang, pulingni ham olmayman”, degan sartaroş mijoz bilan suhbatda.
Sartaroşning harakatlari qonunga muvofiqmi?
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasiga haqorat qiliş, ya’ni şaxsning şa’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari (6 mln 800 ming)dan 40 baravari (13 mln 600 ming söm)gaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Sartaroşning mijozga nisbatan xatti-harakatlari kodeksning mazkur moddasi bilan malakalanişi mumkin. Ammo buning uçun jabrlanuvçi, ya’ni soçi kalga olib taşlangan mijozning içki işlar organiga arizasi kerak böladi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismiga köra, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmoğida joylaştiriş orqali haqorat qiliş, ya’ni şaxsning şa’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaş bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravaridan (68 mln söm) 400 baravarigaça (136 mln söm) miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud bir yildan ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosiga sabab böladi.











